Ibragimov Nutfillo Salimovichning
fan doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik hudud barqaror raqobatbardoshligiga erishishning ilmiy asoslari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Iqt176.
Ilmiy rahbar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.03/30.12.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Alieva Maxbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston turistik hududlari barqaror raqobatbardoshligiga erishishning ilmiy asoslari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turistik iste’mol va biznes modellarni mono, mini, mikro, meta, mezo, makro, mega ko‘lamlarda shakllantirish orqali  hududlarning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik raqobatbardoshligiga erishish jarayonlarining takomillashtirilgan uslubiyati asoslangan;
mahalliy turagent tadbirkorlik faoliyatini turistik destinatsiyalar amaliyotiga kiritish orqali qo‘shimcha turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash asosida «sayohat davomiyligini oshirish» metodi taklifi asoslangan;
turizm tizimining rasmiy (uzbekistan.travel, uzbektourism.uz), qisman rasmiy (youtube.com/visituzbekistan) va norasmiy (Facebook, Twitter, Youtube, Telegram, Intstagram) axborot kontentlarini «Matrisa usuli»  asosida va ekspert baholash negizida hududlarning turistik makro axborot maydoni jozibadorligini oshirishda «Raqamli marketing» vositalarining afzalliklari dalillangan;   
turistik hudud brendining geografik birlik nomi, logo va slogan kabi elementlarni kiritish orqali brendlarni ko‘lami, tarkibi va logotipning shakliga ko‘ra toifalash metodologiyasi takomillashtirilgan;
tashkil etilgan, mustaqil uyushgan turistlar segmenti iste’mol qilishga moyil xizmatlarning zamonaviy turlarini aniqlagan holda, O‘zbekistonda 2030 yilgacha ehtiyoj oshadigan hamda kamayadigan asosiy va qo‘shimcha turistik xizmatlar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turistik hududlar barqaror raqobatbardoshligiga erishishning ilmiy asoslariga oid olingan natijalar asosida:
turistik iste’mol va biznes modellarni mono, mini, mikro, meta, mezo, makro, mega ko‘lamlarda shakllantirish orqali turistik hududlarning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik raqobatbardoshligiga erishish jarayonlarining  metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son  «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 iyundagi  02-16/3028-son ma’lumotnomasi). Natijada mono, mini, mikro, mezo, meta, makro va mega ko‘lamda raqobatbardosh turistik xizmatlar joriy qilingan va potensial iste’molchilar nazarida O‘zbekiston turistik jozibadorligini oshirishga erishilgan;
mahalliy turagent tadbirkorlik faoliyatini turistik destinatsiyalar amaliyotiga kiritish orqali qo‘shimcha turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash asosida «sayohat davomiyligini oshirish» metodi bo‘yicha asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son «O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy  chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 iyundagi  02-16/3028-son ma’lumotnomasi). Mahalliy turagent toifasini joriy qilish evaziga mamlakatning turistik salohiyatli hududlarida yashaydigan ikki ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash va qo‘shimcha turistik xizmatlarni tijoratlashtirish imkoniyati yaratilgan;
turizm tizimining rasmiy (uzbekistan.travel, uzbektourism.uz), qisman rasmiy (youtube.com/visituzbekistan) va norasmiy (Facebook, Twitter, Youtube, Telegram, Intstagram) axborot makonlaridagi holatni baholash asosida, ijtimoiy tarmoqlardagi  virtual iste’molchilar sonini ko‘paytirish orqali O‘zbekiston turistik makro axborot maydoni jozibadorligini oshirish strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 iyundagi  02-16/3028-soni ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish, turizm axborot makonini takomillashtirish va raqobatbardoshligini oshirishga erishilgan;
turistik hudud brendining geografik birlik nomi, logo va slogan kabi elementlarni kiritish orqali brendlarni  ko‘lami, tarkibi va logotipning shakliga ko‘ra toifalash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 iyundagi 02-16/3028-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston va Buxoro turistik ramzlari takomillashgan. Turistik brendlarni ishlab chiqish, tanlab tasdiqlash va hududiy brendlar milliy reytingini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
tashkil etilgan, mustaqil uyushgan turistlar segmenti iste’mol qilishga moyil xizmatlarning zamonaviy turlarini aniqlagan holda, O‘zbekistonda 2030 yilgacha ehtiyoj oshadigan hamda kamayadigan qo‘shimcha va asosiy turistik xizmatlar  prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son  «O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 iyundagi  02-16/3028-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston turizm sohasini diversifikatsiya qilish va global bozor tendensiyalari asosida rivojlantirish, turistik oqimni raqamli marketing vositalaridan foydalangan holda shakllantirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish