Abduraximov Umorbek Kurbanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xorazm viloyati sharoitida rastoropsha (Silybum marianum L). navlarining fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari va urug‘larining kimyoviy tarkibini qiyosiy o‘rganish», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B367.
Ilmiy rahbar: Usmanov Rustam Maxmudovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.72.02.
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Sirojiddin Xudayberdievich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Xodjaeva Nasiba Jo‘raqulovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati sharoitida dorivor  rastoropsha (Silybum marianum L.) navlarining fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari va urug‘larining kimyoviy tarkibini qiyosiy aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor rastoropshaning Debyut, Samaryanka va Panatseya navlari Xorazm viloyati sharoitiga introduksiya qilingan;
navlarning urug‘ sifati (unuvchanligi, o‘sish energiyasi, o‘sish kuchi, yuvenil davrda yosh nihollarning uzunligi) va suv almashinish xususiyatlari (suv saqlash qobiliyati, suv tanqisligi, transpiratsiya jadalligi) bo‘yicha Debyut navi boshqa navlarga qaraganda yuqori ekanligi aniqlangan;
navlarda rivojlanishning boshlarida yashil massaning asta-sekinlik bilan ko‘payib borishi va keyinchalik gullash fazasida keskin oshishi hamda vegetatsiyaning oxirgi fazalariga kelib bu ko‘rsatkichlar asta-sekinlik bilan kamayib borganligi Saks egri chizig‘i bo‘yicha isbotlangan;
moy miqdori, moy chiqimi va kislota soni bo‘yicha o‘rtacha eng yaxshi ko‘rsatkich Debyut navida (25,2%, 313 kg/ga va 0,27 mg KON), eng kam miqdori Samaryanka navida (19%, 266 kg/ga va 0,32 mg KON) aniqlangan;
gipolaetin va izoskullarein flavonoidlarining eng yuqori miqdori Debyut navida, rutin flavonoidi esa Samaryanka navida eng ko‘p miqdorda bo‘lishi isbotlangan;
urug‘lar tarkibida oqsil miqdori bo‘yicha Debyut navi Samaryanka navidan - 3,5% ga va Panatseya navidan - 1,8% ga yuqori ekanligi aniqlangan;
aminokislotalarning miqdori bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Debyut navida kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Samaryanka navida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xorazm viloyati sharoitida rastoropsha – Silybum marianum L. navlarining fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari va urug‘larining kimyoviy tarkibini qiyosiy aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
rastoropshaning Debyut, Panatseya, Samaryanka navlari Xorazm viloyati Xiva tumani hududida joylashgan “Yaxshimurod-Nazarbek” fermer xo‘jaligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2020 yil 15 dekabrdagi 01/03-2673-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Debyut” navidan 10,5 s/ga, “Panatseya” navidan 8,2 s/ga, “Samaryanka” navidan 7,3 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan;
rastoropsha o‘simligi navlarining namunasi №F5-FA-0-32013 “Xorazm tuproq-iqlim sharoitlarida dorivor o‘simliklarni o‘stirish texnologiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihasida boshlang‘ich manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 17 noyabrdagi 4/1255-2549-son ma’lumotnomasi). Natijada, dorivor o‘simliklarni etishtirishning nazariy muammolarini echimi sifatida hamda voha dorivor o‘simliklarining tarqalish areali va axborot bankini yaratish imkonini bergan;
rastoropshaning Debyut, Panatseya, Samaryanka navlari Xorazm viloyati Xiva tumaniga qarashli “Valiko plyus” fermer xo‘jaligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2020 yil 17 oktyabrdagi 02/026-3342-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Debyut” navi “Panatseya”, “Samaryanka” navlariga nisbatan 1,2-2,5 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish