Achilova Sanobar Sabirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Raqobatbardosh margarin olish uchun salomasni rafinatsiyalash jarayonining zamonaviy texnologiyasi», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash va qayta ishlash texnololgiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1069.
Ilmiy rahbar: Ro‘zibaev Akbarali Tursunbaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Obidjon Qodirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqobatbardosh margarinlar olish bilan salomaslarni rafinatsiyalashning zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidrogenlashga berilayotgan o‘simlik moylarining tarkibidagi uchatsilgliseridlarning hamroh moddalari (SYoK, sovunlanmaydigan moddalar, nikelning qoldiqlari, gossipol va uning hosilalari) olinadigan margarinlarning sifatini hamda oziqaviy xavfsizligini pasaytirishi aniqlangan;
o‘simlik moylarini gidrogenlash jarayonida oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yiladigan talablarga mos kelmaydigan toksik va kanserogen moddalarning yangi turlari (gossipol hosilalari, olein kislota trans izomerlari, dien birikmalar va b.) ni hosil bo‘lishi aniqlangan;
salomasni ishqoriy rafinatsiyalash jarayonida natriy gidroksid eritmasi o‘rniga natriy silikatni suvli eritmasi qo‘llanganda neytrallangan yog‘ni chiqishi 95 % dan 98 % gacha ortishi va qoldiq nikel` miqdori 0,07mg/kg dan 0,04 mg/kg gacha kamayishi aniqlangan va ularni qo‘llash imkoniyati asoslangan;
salomasni fil`trlash jarayonida, taklif etilayotgan flizelin ishtirokidagi  kompozisiyani qo‘llash fil`trlash unumdorligini 1,6-2,0 marta oshirishi isbotlangan;
ikkilamchi reagentlar va fil`trlovchi materiallarning sarfini 2-3 barobar kamaytirishga imkon beradigan oziqa salomasini neytrallash va fil`trlashning texnologik rejimi ishlab chiqilgan;
fil`tr presslar uchun drenaj qatlami sifatida fil`trlovchi sintetik materiallar bilan birga besh hil mahalliy gil minerallaridan foydalanilishi va Navbahor ishqorli bentonitining samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Raqobatbardosh margarinlarni olish uchun salomaslarni rafinatsiyalashning zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
salomaslarni ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 16 avgustdagi KS-3-747-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy kaustik soda o‘rniga natriy silikatning suvli eritmasi yordamida rafinatsiyalangan salomas chiqishini, xom ashyoning umumiy massasiga nisbatan 3-5 foizga oshirish imkonini bergan;
oziqa salomasini fil`trlashda an’anaviy paxta bel`ting matosi o‘rniga sintetik materiallar (lavsan va flezelin) ni qo‘llash texnologiyasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 16 avgustdagi KS-3-747-son ma’lumotnomasi). Natijada, ramali fil`tr presslarda oziqa salomaslarini fil`trlash vaqtini uzayitirish, metall qoldiqlari va mumsimon qatron moddalar miqdorini kamaytirish imkonini bergan.
mahalliy xom ashyolar (natriy silikat, sintetik material va gil minerallari) ni qo‘llab, raqobatbardosh margarinlarni olish texnologiyasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 16 avgustdagi KS-3-747-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizik-kimyoviy va reologik xususiyatlari yaxshilangan raqobatbardosh margarinlarni olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish