Raxmatullaeva Sevara Nodirbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vul`vaning distrofik kasalliklarining klinik-labarator xususiyatlari va davolash», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib910.
Ilmiy rahbar: Porsoxonova Delya Fozilovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Vaisov Adxamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaxirova Nargiza Ne’matovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vulvaning distrofik kasalliklarida klinik-anamnestik, mikrobiologik, immunologik va patomorfologik xususiyatlarini hisobga olgan holda davolashning kompleks usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston Respublikasida so‘rovnoma ma’lumotlarining omilga bog‘liq tahlili asosida VDK shakllanishidagi muhim omillari ekanligi isbotlangan;
VDKga chalingan bemorlar urogenital traktda Ureaplasma Urealyticum, HPV16/18, Candida kabi qo‘zg‘atuvchilari yuqori miqdordaligi isbotlangan;
VDK bilan og‘rigan bemorlarda periferik qon zardobida α-FNO, IL-2 va IL-6 fraksiyalarining oshishi, ularning infeksiyaga va HPVning onkogen turlariga qarshi immunitetdagi o‘rni isbotlangan;
ikki zanjirli DNK (dsDNK)ga nisbatan G sinfidagi autoimmun antitana (IgG) va bir zanjirli DNK (ssDNK)ga nisbatan G sinfidagi autoimmun antitana (IgG) mavjudligidan kasallikning autoimmun turi rivojlanishini ko‘rsatuvchi prognostik mezon sifatida foydalanish mumkinligi isbotlangan;
VDKning og‘irlik darajasini, jarayonning davomiyligini, “erta” va “kechki” gistologik belgilarning borligini hisobga olib past intensivli fotodinamik lazer bilan davolashni qo‘llab kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vul`vaning distrofik kasalliklarining klinik-labarator xususiyatlari va davolash tavsifini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
vul`vaning distrofik kasalliklarining samarali tashhislash va  davolash algoritmlaridan foydalanish  bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Lazer terapiya yordamida vul`vaning distrofik kasalliklarini davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 8n-r/523-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma vul`vaning distrofik kasalliklari bo‘lgan ayollarda kasallikni erta tashhislash, davolash samaradorligini oshirish, bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini qisqartirish bilan birgalikda kasallikning asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
vul`vaning distrofik kasalliklarining klinik-labarator xususiyatlariga asoslangan holda  tashhislash va davolash tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat va Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserining (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/146-son ma’lumotnomasi). Natijada vul`vaning distrofik kasalliklari bilan kasallangan ayollarda davolash usuli orqali kasallikning remissiyaga uchayishi, kasallikni qaytalanishini kamayishi asoratlarni bartaraf etilishi, bemorlarning hayot sifat ko‘rsatkichi yaxshilanishi xisobiga davolashning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish