Bekbergenova Ziyada Utepovnaning

fan doktori(DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq romanlarida badiiy nutq poetikasi» (1980–2010 yy.), 10.00.03–Qoraqalpoq tili. Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil27.

Ilmiy maslahatchi: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universtiteti, DSc 27.06.2017 Fil.20.01.

Rasmiy opponentlar: Quramboev Karimboy, filologiya fanlari doktori, professor; Mamedov Nizami Tagi ogli, filologiya fanlari doktori, professor; Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot:  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi 1980–2010 yillarda yaratilgan qoraqalpoq romanlaridagi badiiy nutq poetikasining nazariy asoslari, badiiy-estetik mohiyati va asar kompozision qurilishidagi stilistik funksiyalarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qoraqalpoq adabiyotshunosligida 1980–2010 yillarda yaratilgan romanlar tarkibidagi poetik nutqning dialog, monolog, muallif nutqi, ikki ovozli nutq tiplari va shakllari aniqlanib, ularning badiiy-estetik xususiyatlari ochib berilgan;

badiiy nutqni hosil qiluvchi lingvopoetik komponentlarning qoraqalpoq romanlari badiiyatida tutgan o‘rni aniqlangan;

dialogik va monologik nutq shakllarining qoraqalpoq romanlari kompozisiyasidagi muhim komponentlardan biri sifatidagi mohiyati oydinlashtirilgan;

romanda ilgari surilgan dolzarb g‘oya va personajlar tizimining ruhiy-shuuriy holatini ifodalashning asosiy vositasi ichki va tashqi monolog ekanligi isbotlangan;

muallif nutqining badiiy asar syujeti va kompozisiyasini shakllantirishdagi o‘rni hamda vazifalari ko‘rsatib berilgan;

muallif va personaj nutqining o‘zaro sintezidan tashkil topgan ikki ovozli nutqning o‘ziga xos xususiyatlari va poetik vazifalari dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 

1980–2010 yillar qoraqalpoq romanlari tarkibidagi badiiy nutq poetikasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

badiiy nutq poetikasining nazariy asoslariga oid ilmiy xulosalar qoraqalpoq tilida ta’lim beriladigan o‘rta maktablarning 9-sinfi uchun hammualliflikda yaratilgan «Adabiyot» (Nukus shahri, «Bilim» nashriyoti, 2014) darsligida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 5 avgustagi 01.01/9-02-3081/2-son ma’lumotnomasi) muhim manba sifatida foydalanilgan.

qoraqalpoq romanlaridagi badiiy nutq tiplari va shakllarining asar kompozisiyasidagi o‘rniga doir ilmiy-nazariy qarashlar hammualliflikda yaratilgan pedagogika kollejlari talabalari uchun mo‘ljallangan «Bolalar adabiyoti» (Nukus shahri, «Bilim» nashriyoti, 2012) darsligida o‘z ifodasini  topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining o‘rta maxsus qasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2017 yil 21 avgustdagi AA-01-01/2869/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar asar syujeti va kompozisiyasi, obraz va xarakter yaratish mahoratini belgilashda muhim nazariy-amaliy omil sifatida qayd qilingan;

dissertatsiya natijalaridan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini o‘rganish» (2012–2016) fundamental` tadqiqotlarida  badiiy nutq poetikasiga oid masalalarni yoritishda va adabiy asarlarning badiiy-estetik xususiyatlarini o‘rganishga bog‘liq tadqiqotlarni yaratishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2017 yil 6 iyuldagi 17.01.62-1-son ma’lumotnomasi). Qoraqalpoq yozuvchilarining badiiy nutq shakllarini qo‘llashiga doir ilmiy-nazariy xulosalar yozuvchi uslubi, asar syujeti va kompozisiyasi, obraz va xarakter yaratish mahoratini tadqiq etishga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish