Primov Soatmurot Uralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Shakur Keshiy “Tamhid” asarining moturidiya ta’limoti rivojida tutgan o‘rni”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Isl35.
Ilmiy rahbar: Oqilov Saidmuxtor Saydakbarovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Ne’matullo Asatullaevich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Ziyodov Shovosil Yunusovich, tarix fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abu Shakur Keshiy “Tamhid” asarining moturidiya ta’limoti rivojida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XI-XII asrlarda yozilgan aqidaviy masalalarga oid kitoblar orasida “Tamhid”  asarining tili sodda va uslubi engil bo‘lgani bois, moturidiya ta’limoti asoslarining keng jamoatchilikka xalqchil usulda tarqalishida muhim o‘rin tutgani ochib berilgan;
“Tamhid” asarining O‘zbekiston va Turkiya kutubxonalarida saqlanayotgan sakkizta qo‘lyozma va ikkita toshbosma nusxalari asosida ilk marotaba arabcha tanqidiy matni yaratilgan hamda o‘zbek tilidagi izohli tarjimasi bilan nashr etilgan;
Abu Shakur Keshiy ilk bora aqidaviy masalalar borasida ohod hadislar
(حديث الآحاد)ni uch qismga, ya’ni birinchisi – islom ummati bir ovozdan qabul qilgan sahih-ohod, ikkinchisi – islom ummatidan ko‘pchiligi qabul qilgan ohod, uchinchisi – ayrimlar qabul qilgan ohod hadislarga tasniflab, birinchi va ikkinchi turdagi ohod hadislarni kalom ilmida tatbiq etgani isbotlangan;
allomaning aqidaviy masalalarda noto‘g‘ri e’tiqod qilishni besh turga ajratish bilan birga har birining hukmi alohida bo‘lishini isbotlovchi qarashlari ahli sunna val-jamoa ulamolarining aksariyati tomonidan eng maqbul yondashuv sifatida qabul qilingani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abu Shakur Keshiy “Tamhid” asarining moturidiya ta’limoti rivojida tutgan o‘rni bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XI-XII asrlarda yozilgan aqidaviy masalalarga oid kitoblar orasida “Tamhid”  asarining tili sodda va uslubi engil bo‘lgani bois, moturidiya ta’limoti asoslarining keng jamoatchilikka xalqchil usulda tarqalishida muhim o‘rin tutgani ochib berilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida chop etilgan “Movarounnahrda Moturidiy kalom ilmi maktabi” nomli monografiyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 25 iyundagi 02/260-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar orasida jaholat va ilmsizlik g‘oyalariga berilishning oldini olish hamda milliy-diniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashishga xizmat qilgan;
“Tamhid” asarining O‘zbekiston va Turkiya kutubxonalarida saqlanayotgan sakkizta qo‘lyozma va ikkita toshbosma nusxalari asosida ilk marotaba arabcha tanqidiy matni yaratilgani hamda o‘zbek tilidagi izohli tarjimasi bilan birga nashr etilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida nashr etilgan “Abu Shakur Keshiyning “at-Tamhid fi bayonit tavhid” nomli kitobni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yil 25 iyundagi 2048-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda an’anaviy diniy ta’lim asoslari, moturidiya ta’limotiga doir yangi asar bilan yaqindan tanishish hamda ularda to‘g‘ri diniy dunyoqarashni shakllanish imkoniyatini bergan;
Abu Shakur Keshiy ilk bora aqidaviy masalalar borasida ohod hadislar
(حديث الآحاد)ni uch qismga bo‘lib, ulardan  birinchisi – islom ummati bir ovozdan qabul qilgan sahih-ohod, ikkinchisi – islom ummatidan ko‘pchiligi qabul qilgan ohod, uchinchisi – ayrimlar qabul qilgan ohod hadislarga tasniflab, birinchi va ikkinchi turdagi ohod hadislarni kalom ilmida tatbiq etgani isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida nashr etilgan “Abu Shakur Solimiy Keshiy va uning ilmiy merosi” nomli monografiyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 28 iyundagi 02-03/4135-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kitobda taqdim qilingan ma’lumotlar fuqarolarning zamonaviy oqimlarning yot g‘oyalariga qarshi raddiyalar berishga xizmat qilgan;
allomaning aqidaviy masalalarda noto‘g‘ri e’tiqod qilishni besh turga ajratish bilan birga har birining hukmi alohida bo‘lishini isbotlovchi qarashlari ahli sunna val-jamoa ulamolarining aksariyati tomonidan eng maqbul yondashuv sifatida qabul qilingani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 16 iyundagi 02-10-1012-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning ajdodlar ilmiy merosiga doir yangi ilmiy ma’lumotlar bilan tanishishi, tarixiy bilimlarining oshishi va ularda milliy g‘urur tuyg‘usining mustahkamlanishiga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish