Azizov Azizbek Sabitxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishda moliyaviy-iqtisodiy va mamlakat xatarlarini kamaytirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt576.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Malikov Tohir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakat va moliyaviy-iqtisodiy xatarlarni kamaytirish usullari o‘rganish va rivojlantirish, uning mexanizmini ishlab chiqish hamda takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonun ustuvorligi, siyosiy barqarorlik va davlat samaradorligi mezonlarini kiritish orqali mamlakat investision xatarlarini baxolash indikatorlari tarkibi qayta shakllantirilgan;
davlat kredit reytingining «VV»dan «VVV»gacha ko‘tarilishi real sektor korxonalarga jalb etilayotgan xorijiy kapital yillik foiz stavkasi 3,3 foizga kamaytirish imkoniyati asoslangan;
mamlakat valyuta zahiralari, inflyasiya va tashqi qarzdorlik ko‘rsatkichlarini 1 foizga yaxshilanishi xatarini 0,17 foizga kamaytirish imkoniyati aniqlangan;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar kapital foiz stavkasi xalqaro kapital bozori kotirovkalariga bevosita bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishda moliyaviy-iqtisodiy va mamlakat xatarlarini kamaytirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli ko‘rsatkichlardan (siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik yo‘qligi / terrorizm, davlat samaradorligi, qonun ustuvorligi, qonunchilik sifati, saylov va hisobdorlik indeksi, korrupsiyaga qarshi kurash) foydalangan holda mamlakat xatarini takomillashtirilgan baholash usuli bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi investisiya va tashqi savdo vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiya va tashqi savdo vazirligidan 2021-yil 27-yanvardagi 02-08/00885-son ma’lumotnoma). Ushbu ilmiy yangilik natijasida siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik/terrorizmning mavjud emasligi, hukumat samaradorligi, tartibga solish sifati, aholini fikrini inobatga olish va hisobdorlik, huquq ustuvorligi, korrupsiyani jilovlab turish ko‘rsatkichlarining 1,0 foizga ortishi mamlakat xatarini 0,83 foizga kamayishi imkonini yaratgan;
O‘zbekiston suveren kredit reytingi mamlakatimizda investision loyihalarga qo‘llaniladigan foiz stavkasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha ishlab chiqilgan ekonometrik modeli orqali aniqlangan samaradorlik ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi investisiya va tashqi savdo vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiya va tashqi savdo vazirligidan 2021-yil 27-yanvardagi 02-08/00885-son ma’lumotnoma). Ushbu taklif natijasida mamlakat suveren kredit reytingining «VV»dan «VVV»gacha ko‘tarilish va TTXI kapitali tannarxi 3,3 foizga kamaytirish imkoniyatlari asoslandi, bu esa, o‘z navbatida, har 1 mlrd. AQSh dollarlik jalb etilgan xorijiy investisiya uchun 33 mln. AQSh dollarlik foiz to‘lovlarini tejab qolish imkonin asoslangan;
valyuta zaxiralarini ko‘paytirish, inflyasiya darajasini va mamlakatning tashqi qarzdorlik darajasini kamaytirish orqali O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy-iqtisodiy va mamlakat xatarini yumshatish yo‘llari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiya va tashqi savdo vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiya va tashqi savdo vazirligidan 2021-yil 27-yanvardagi 02-08/00885-son ma’lumotnoma). Ushbu taklif natijasida mamlakat moliyaviy ko‘rsatkichlarning 1 foizga yaxshilash asosida mamlakat investision xatarining 0,17 foizga kamaytirish imkoniga erishilgan;
xorijiy investisiya oqimlarini boshqarishda indeks ko‘rsatkichlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyani O‘zbekiston Respublikasi investisiya va tashqi savdo vazirligi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiya va tashqi savdo vazirligidan 2021-yil 27-yanvardagi 02-08/00885-son ma’lumotnoma). Berilgan tavsiya natijasida mamlakatga kiritilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni yo‘nalishlarga (iqtisodiy tarmoq turlariga) qarab investision kapital foiz stavkalari shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish