Sarimsakov Doniyor Xomidovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish»,08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.2.PhD/Iqt1739.
Ilmiy rahbar: Madrahimov Ulug‘bek Abduxalilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Nodirbek Madraximovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchitashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarida innovatsion boshqarish samaradorligini baholashning indikatorlar tizimi orqali korxonalarni innovatsion boshqarish holatini baholashning quyi (0-39%), o‘rta (40-79%), yuqori (80-100%) darajalariishlab chiqilgan;
Andijon viloyatidagi ayrim tekstil` va to‘qimachilik sanoati korxonalarining innovatsion salohiyati reyting mezonlarini (0-1,0) “investision”, (1,01-1,65) “raqobatbardosh” va (1,65-2,0) “salohiyat” shkalalar bo‘yicha baholash asoslangan;
viloyat sanoat korxonalariga yangi texnologiyalarni ustuvor qo‘llash va uning negizida raqobatbardoshlik darajasini ko‘tarish hamda yangi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirilishi evaziga qo‘shimcha imkoniyatlarni 30 foizga oshirilishiga olib kelinishi asoslangan;
«Nil granit» MChJni innovatsion faoliyatini boshqarish omillari orqali 2021-2025 yillarga inersion, faol, maqsadli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
sanoat korxonalarida innovatsion boshqarish samaradorligini baholashning indikatorlar tizimi orqali korxonalarni innovatsion boshqarish holatini baholashning quyi (0-39%), o‘rta (40-79%), yuqori (80-100%) darajalaribo‘yicha taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 24 avgustdagi 04/25-2472-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimachilik sanoati korxonalarining innovatsion boshqaruvi samaradorligi o‘rtacha ko‘rsatkichi 64,2 foizga tengligi hamda innovatsion boshqarish holatini baholashning quyi, o‘rta, yuqori darajadagi mezonlari aniqlangan.
Andijon viloyatidagi ayrim tekstil` va to‘qimachilik sanoati korxonalarining innovatsion salohiyati reyting mezonlarini (0-1,0) “investision”, (1,01-1,65) “raqobatbardosh” va (1,65-2,0) “salohiyat” shkalalar bo‘yicha baholash asoslangantaklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 24 avgustdagi 04/25-2472-son ma’lumotnomasi). Natijada Rjning qiymati eng kichik bo‘lgan korxona “Nil Granit” MChJR1=0,64, “Digital Prime Textiles” MChJR2 =0,72 hamda “Bobur XBK” MChJR3=0,75 ga tengligi aniqlangan. Bularga asoslanib, “Nil Granit” MChJ korxonasini reytingini eng yuqori, keyingi o‘rinlarni mos ravishda “Digital Prime Textiles” MChJ, “Bobur XBK” MChJ korxonalar xissasiga to‘g‘ri kelganligi asoslangan.
viloyat sanoat korxonalariga yangi texnologiyalarni ustuvor qo‘llash va uning negizida raqobatbardoshlik darajasini ko‘tarish hamda yangi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirilishi evaziga qo‘shimcha imkoniyatlarni 30 foizga oshirilishiga olib kelinishi asoslangan taklifidan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 24 avgustdagi 04/25-2472-son ma’lumotnomasi). Natijada Andijon viloyatidagi sanoat korxonalarida innovatsion mahsulot ishlab chiqarish xajmini 9,2 foiz qo‘shimcha oshirish imkoniyati yaratilgan.
«Nil granit» MChJni innovatsion faoliyatini boshqarish omillari orqali 2021-2025 yillarga inersion, faol, maqsadli prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan «Nil granit» MChJni 2025 yilgacha rivojlantirish strategiyasida o‘z aksini topgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 24 avgustdagi 04/25-2472-son ma’lumotnomasi). Natijada «Nil granit» MChJning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ishlab chiqilgan hamda malakali xodimlar ulushining salmog‘ini 2,3 foizga ijobiy o‘zgarishiga erishilgan.