Qarlibaeva Gulmira Ermekbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ajiniyoz asarlari tilining semantik-stilistik xususiyatlari», 10.00.03–Qoraqalpoq tili. Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil28.
Ilmiy maslahatchi: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universtiteti, DSc 27.06.2017.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘simov Zaripbay, filologiya fanlari doktori, professor; Ibragimov Yuldash Matkarimovich, filologiya fanlari doktori; Eskeeva Mag‘ripa Qaynarbaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ajiniyoz she’riyati tilining semantik-stilistik xususiyatlari, badiiy kontekstdagi leksik qatlamning lingvopoetik mohiyati va ijodkorning so‘z qo‘llashdagi o‘ziga xos mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tilshunosligida Ajiniyoz she’riyati lingvostilistik yo‘nalishda tadqiq qilinib, shoir asarlari tilining leksik-semantik va stilistik xususiyatlari ochib berilgan;
qoraqalpoq yozma adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida Ajiniyoz ijodi, ayniqsa, uning so‘z qo‘llashdagi badiiy uslubi, adabiy tilning badiiy-estetik tabiatini takomillashtirishdagi individual poetik mahorati, ijodiy novatorligi muhim o‘rin tutishi aniqlangan;
shoir asarlari leksikasining lingvopoetik xususiyatlarini aniqlash asosida XIX asr qoraqalpoq poeziyasi badiiy kontekstining semantik tabiati ochib berilgan;
Ajiniyoz she’riyatida qo‘llanilgan so‘zlar mazvuviy guruhlarga ajratib tasniflangan va shoir badiiy tilining o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi leksik qatlamlarning tarixiy-etimologik asosi milliy an’analarga borib taqalishi isbotlangan;
shoir she’rlaridagi lug‘aviy birliklar o‘z va o‘zlashgan qatlamga ajratib tasniflangan hamda ularning poetik kontekst hosil qilishdagi funksional-semantik xossalari belgilangan;
shoir asarlarida qo‘llanilgan sinonim, antonim, omonim, arxaizm va tarixiy so‘zlar aniqlangan va frazemalarning lingvopoetik vazifalari tavsiflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Atoqli qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz asarlari tilini lingvopoetik jihatdan tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq mumtoz shoirlari adabiy merosidan foydalanib yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ishlarini amalga oshirish maqsadida «Qoraqalpog‘iston» televideniesida «So‘z gavhari» madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvida dissertatsiya materiallari ommalashtirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi-ning 2017 yil 25 iyuldagi 01-02/305-son ma’lumotnomasi). Bu shoir ijodiy merosining ahamiyatini, shoirning badiiy tasvir vositalaridan foydalanish mahoratini ochib berishda yordam bergan;
dissertatsiya natijalaridan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilayotgan «Qoraqalpoq mumtoz adabiyoti asarlarining 5 jildligi (F1-FA-0-43429)», «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini o‘rganish» mavzusidagi loyiha ishlarini amalga oshirishda, Ajiniyoz asarlari tilining lug‘atini tuzishda (2014) muhim manba sifatida foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2017 yil 6 iyuldagi 17.01.63-1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining joriy qilinishi mazkur lug‘atdagi leksikografik talqinlarning yanada boyitilishiga muhim asos bo‘lgan;
tadqiqot materiallari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Berdaq Milliy muzeyida Ajiniyozning hayoti va ijodi bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etish, ekskurs darslarini o‘tishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017 yil 7 avgustdagi 1-01/586-son ma’lumotnomasi). Ularning Berdaq nomidagi Milliy muzeyning ishchi dasturlariga kiritilishi Ajiniyoz ijodiyotining poetik xususiyatlarini ochib berishga imkon yaratgan.