Kuranbaeva Satima Razzakovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV infeksiyasida erta kuzatiluvchi nevrologik sindromlar, patogenezi va tashxisoti», 14.00.13 –Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib230.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc. 04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kasimov Ilxamdjan Asamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turespekova Saule Tleubergenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi OIV infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarda erta kuzatiluvchi nevrologik sindromlarni aniqlash va neyrovizualizatsion, neyroimmunologik buzilishlarning kasallik patogenezidagi ahamiyatini asoslash, olingan ma’lumotlar negizida kompleks terapiyaga patogenetik asoslangan davolash tamoyillarini tatbiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OIV infeksiyasida klinik-nevrologik simptomlar va neyrospesefik oksillarga nisbatan autoantitanachalar darajasi orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
OIVli bemorlarda nevrologik sindromlarning kuchayib borishi va uzoq saqlanishi neyrospesifik oqsillarga nisbatan autoantitanachalar miqdorining oshishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
OIV infeksiyasining erta davrida morfologik-struktur o‘zgarishlarni monitoring qilishning klinik-prognostik afzalligi aniqlangan;
OIV infeksiyasida serebral gemodinamika buzilishi va bosh miya qon tomirlari reaktivligi xamda SD4 limfatsitlarning pasayishi OIV-ensefalopatiyaning shakllanishi ogirlik darajasiga boglikligi aniqlangan;
OIV infeksiyasida neyrotrop oqsillarga nisbatan autoantitanachalar ko‘rsatkichi va virus yuklamaning oshishi xamda SD4 limfatsitlarning kamayishi kasallik kechishi prognostik mezonlari bo‘lishi aniqlangan;
OIV infeksiyasida erta kuzatiluvchi nevrologik sindromlarni davolash chora-tadbirlari nootrop vositalar qo‘llash orqali optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV infeksiyasida nevrologik sindromlarni erta tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
OIV infeksiyasida erta kuzatiluvchi nevrologik sindromlarni erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Opportunistik infeksiyalar va immuntanqislik holatlarida erta bosqichlarda asosiy nevrologik sindromlarni kompleks tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 8n-d/114-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma OIV infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni erta tashxislash va prognozlash texnologiyasini optimallashtirish imkonini bergan;
Opportunistik infeksiyalar va immuntanqisliklarda nevrologik sin¬dromlarni davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Opportunistik infeksiyalar va immuntanqisliklarda nevrologik sindromlarni davolashni optimallashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 8n-d/114-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nevrologik sindromlar rivojlanishining erta bosqichlarida OIV infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni kuzatish taktikasini ishlab chiqish, shuningdek, nevrologik sindromlar kuchayishi va bemorlar erta nogiron bo‘lib qolishining oldini olish choralarini ko‘rish hamda zamonaviy davolash usullarini yaxshilash imkonini bergan;
OIV infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni erta tashxislash mezonla¬rini qo‘llash va zamonaviy davolash tamoyillarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotning tizimli tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Sirdaryo, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlari OITSga qarshi kurashish markazlarida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 avgustdagi 08-09|10671-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari OIV infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolash tamoyillarini takomillashtirishga, klinik sindromlarning regressiya davomiyligini va og‘irlik darajasini kamaytirish, bemorlarning klinik xolati xamda xayot sifatini yaxshilash, asoratlarini oldini olish imkonini bergan.