Valijonov Daler Dilshodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining xalqaro hamkorligi”, 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu219.
Ilmiy rahbar: Raximov Faxri Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Eshmatova Feruza Farxodovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyatchilikka qarshi kurashishda prokuratura organlarining xalqaro-huquqiy hamkorligi masalalarini tadqiq etish, bu jarayonda muammo va huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash, shuningdek xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy va amaliy taklif, tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus vakolatli davlat organining xorijiy davlatlarning moliyaviy razvedka bo‘linmalari bilan o‘zaro xalqaro-huquqiy hamkorligi aynan “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhining ustav hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi maqsadga muvofiqligi asoslangan;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha prokuratura organlarida benefisiar mulkdorlarga oid bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni almashish bilan bog‘liq qoidalarni amaliyotga kiritish zaruriyati asoslangan;
“xalqaro hamkorlik” va “xalqaro so‘rov” tushunchalariga muallif tomonidan ta’rif berilib, mazkur tushunchalar huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jumladan prokuratura organlarining xalqaro-huquqiy faoliyatining o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
nodavlat notijorat tashkilotlari va benefisiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi va (yoki) tergov organlari, maxsus vakolatli davlat organi hamda nazorat qiluvchi davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi zaruriyati ilmiy jihatdan asoslangan;
pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaxsga nisbatan qo‘llanilishi zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashishda O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining xalqaro hamkorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maxsus vakolatli davlat organining xorijiy davlatlarning moliyaviy razvedka bo‘linmalari bilan xalqaro hamkorligi “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhining ustav hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi bilan bog‘liq taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyundagi 402-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning ikkinchi bobi 7-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2021 yil 9 iyuldagi 2/1450-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorligini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlarida mavjud bo‘lgan yoki olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni almashish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyundagi 402-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning to‘rtinchi bobi 10-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2021 yil 9 iyuldagi 2/1450-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xalqaro so‘rovlarini tayyorlash, jo‘natish va ijro etish tartibini belgilash imkonini beradi;
“xalqaro hamkorlik - O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakolatli organlari o‘rtasida legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida muayyan harakatlarni amalga oshirish (ma’lumotlar, hujjatlar almashinuvi, protsessual harakatlarni bajarish va h.k.) masalalari yuzasidan hamkorligi” deb hisoblanishi to‘g‘risidagi taklif, shuningdek “xalqaro so‘rov - O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari yoki xorijiy davlatlar vakolatli organlarining legallashtirishga va predikat jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida muayyan harakatlarni amalga oshirish (ma’lumotlar, hujjatlar almashinuvi, protsessual harakatlarni bajarish va h.k.) to‘g‘risidagi so‘rov” deb yuritilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyundagi 402-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning birinchi bobi 2-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2021 yil 9 iyuldagi 2/1450-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif huquqni qo‘llashda “xalqaro hamkorlik” va “xalqaro so‘rov” tushunchalarini ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan qo‘llashga xizmat qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlari va benefisiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi va (yoki) tergov organlari, maxsus vakolatli davlat organi hamda nazorat qiluvchi davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyundagi 402-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning beshinchi bobining 11-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2021 yil 9 iyuldagi 2/1450-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xalqaro so‘rovlarini tayyorlash, jo‘natish va ijro etish tartibini takomillashtirishga xizmat qiladi;
pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaxsga nisbatan qo‘llanilishi xususidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 28 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-558-son Qonunining 2-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 281-bob 2541-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining 2019 yil 9 sentyabrdagi 2/3-2335-19-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 20 noyabrdagi 06/2-06/4131-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklif xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslarning xorijga chiqish (biometrik) pasportini to‘xtatib qo‘yish institutini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.