Mirhamidova Mahinnora Nurullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan xalqaro huquqiy munosabatlarining rivojlanishi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi. 12.00.10-Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.2.PhD/Yu55. 
Ilmiy maslahatchi: Saidov Akmal Xolmatovich, akademik, yuridik fanlar doktori, professor; 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteta, DSc.11/30.12.2019.Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Adilxodjaeva Surayyo Maxkamovna, yuridik fanlar doktori, professor; Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich, yuridik fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Fors ko‘rfazi mintaqasidagi arab davlatlari bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligining shartnomaviy huquqiy asoslarini har tomonlama tadqiq etish orqali mazkur davlatlar bilan xalqaro-huquqiy munosabatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan, ilmiy asoslantirilgan nazariy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston va Fors ko‘rfazi mamlakatlari o‘rtasida imzolangan xalqaro shartnomalarni ijro mexanizmini amalga oshirishga, shuningdek kuchda bo‘lmagan xalqaro shartnomalarni yangilash yoki bekor qilishga qaratilgan choralarni  takomillashtirilishi zaruriyati asoslab berilgan;
davlatlar o‘rtasida shakllantirilgan xalqaro shartnomalarni davlat nomidan ish ko‘ruvchi mavjud uchta (davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo) turiga qo‘shimcha tarzda xalqaro shartnoma maqomiga ega bo‘lmagan hujjatlarning xalqaro shartnomalarni ijro mexanizmini ta’minlashdagi o‘ziga xos roli ilmiy asoslab berilgan;
Islom taraqqiyot banki moliyaviy xizmatlarini qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qonunchilik normalari shakllantirilishi va qonunchilik to‘liq joriy qilingunga qadar an’anaviy bankning tarkibida islom darchalarini tashkil qilinishi mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etishi va Fors ko‘rfazi transchegaraviy kapital oqimini kirishini ta’minlab berishi asoslab berilgan;
Islom taraqqiyot banki ko‘magi bilan Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar strategiyasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy talablarni qondirish uchun Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar vaqfini yaratilishi zaruriyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan xalqaro huquqiy munosabatlarining rivojlanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
O‘zbekiston va Fors ko‘rfazi mamlakatlari o‘rtasida imzolangan xalqaro shartnomalarni ijro mexanizmini amalga oshirishga, shuningdek kuchda bo‘lmagan xalqaro shartnomalarni yangilash yoki bekor qilishga qaratilgan choralarni  takomillashtirilishi bo‘yicha takliflari «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi» Qonunining  xalqaro shartnomalarni bajarishga doir chora-tadbirlari nomli 4-bobini shakllantirilishida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi «Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar» Qo‘mitasining 2019 yil 10 dekabrdagi 10/1-787-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning kiritilish bilan 1969 yilgi shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qoidalariga muvofiq, shuningdek qonun loyihasi matni bo‘ylab qabul qilingan atamalarni qo‘llash uchun “amalga oshirish” so‘zi bilan almashtirilgan.
davlatlar o‘rtasida shakllantirilgan xalqaro shartnomalarni davlat nomidan ish ko‘ruvchi mavjud uchta (davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo) turiga qo‘shimcha tarzda xalqaro shartnoma maqomiga ega bo‘lmagan hujjatlarning xalqaro shartnomalarni ijro mexanizmini ta’minlashdagi o‘ziga xos roli bo‘yicha takliflari «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi» Qonunining 2-moddasi shakllantirilishida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi «Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar» Qo‘mitasining 2019 yil 10 dekabrdagi 10/1-787-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning kiritilishi bilan “ijro etiladi” so‘zining 1969 yilgi shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga muvofiq qabul qilingan atamalar qo‘llanib “bajariladi” so‘ziga almashtirilgan.
Islom taraqqiyot banki moliyaviy xizmatlarini qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qonunchilik normalari shakllantirilishi va qonunchilik to‘liq joriy qilingunga qadar an’anaviy bankning tarkibida islom darchalarini tashkil qilinishi mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etishi va Fors ko‘rfazi transchegaraviy kapital oqimini kirishini ta’minlab berishi  bo‘yicha taklifi O‘zbekistonda islom moliyaviy xizmatlarini qo‘llanilishida joriy qilingan (Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakilining 18.03.2021 yil 18 martdagi FR-UZ/03-06-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qabul qilinishi O‘zbekistonda islom moliyaviy xizmatlarini qo‘llanilishi va Fors ko‘rfazi mamlakatlari investisiyaviy oqimini yanada jalb qilinishiga xizmat qilgan.
Islom taraqqiyot banki ko‘magi bilan Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar strategiyasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy talablarni qondirish uchun Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar vaqfini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqilishi to‘g‘risidagi to‘g‘risidagi taklif Islom hamkorligi tashkilotining a’zolari tomonidan 2019 yil 8 oktyabrda qabul qilingan Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Toshkent deklaratsiyasining XVIII qismida o‘z aksini topgan (Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2021 yil 13 iyuldagi 01/886-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi yoshlarga oid davlat siyosatida hamda yoshlarga oid xalqaro hujjatlarda manfaatlari yanada ko‘proq e’tiborga olinishiga, shuningdek IHT a’zo davlatlarining yoshlarini moliyaviy qo‘llab quvvatlanishida xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish