Tursunxodjaeva Shirin Zafar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Real sektor korxonalarida moliyaviy risklarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1369.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin  Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi  real sektor korxonalari moliyaviy risklarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida moliyaviy risk darajasini 
6 toifada (1-toifa 100-97 ball – mutloq barqaror; 2-toifa 96-80 – yuqori me’yor; 3-toifa 79-67 – o‘rta me’yor; 4-toifa 66-37 – qoniqarli; 5-toifa 36-11 – nobarqaror; 6-toifa 10-0 inqirozli) baholash taklif etilgan;
“Qo‘qon mexanika zavodi” AJda moliyaviy riskning har bir turi bo‘yicha alohida yondashuv asosida bir aksiya uchun moliyaviy risk darajasi optimal o‘rtacha 10% dan oshmasligi asoslangan;
korxona sof foydasining kamida 5 foizi miqdorida har yilgi majburiy ajratma qilish orqali ustav fondining 5 foiz miqdorida zaxira fondining shakllantirish asosida moliyaviy risk oqibatlarini salbiy ta’sirini oldini olish asoslangan;
moliyaviy risklarni boshqarish maqsadida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida “Moliyaviy risklarni boshqarish” bo‘linmasini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Real sektor korxonalari moliyaviy risklarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida moliyaviy risk darajasini 
6 toifada (1-toifa 100-97 ball – mutloq barqaror; 2-toifa 96-80 – yuqori me’yor; 3-toifa 79-67 – o‘rta me’yor; 4-toifa 66-37 – qoniqarli; 5-toifa 36-11 – nobarqaror; 6-toifa 10-0 inqirozli) baholash taklifi “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy risklarni baholashda foydalanilgan (“Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 18 maydagi 47-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida korxonada moliyaviy risklarni samarali boshqarish imkoni yaratilgan;
“Qo‘qon mexanika zavodi” AJda moliyaviy riskning har bir turi bo‘yicha alohida yondashuv asosida bir aksiya uchun moliyaviy risk darajasi optimal o‘rtacha 10% dan oshmasligi yuzasidan berilgan taklifi “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatini xalqaro standartlariga muvofiq moliyaviy risklarning integratsion boshqaruv tizimiga o‘tish jarayonida foydalangan (“Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 18 maydagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonaga salbiy ta’sir etuvchi moliyaviy risklarni yuzaga keltiruvchi omillariga qarshi boshqaruv yondashuvi ishlab chiqish asosida moliyaviy risk darajasini past darajada ushlab qolishga erishilgan;
korxona sof foydasining kamida 5 foizi miqdorida har yilgi majburiy ajratma qilish orqali ustav fondining 5 foiz miqdorida zaxira fondini shakllantirish taklifi “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati strategik biznes rejasida o‘z aksini topgan (“Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 18 maydagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijada, moliyaviy zararlarni yuzaga kelishini oldini olishni moliyaviy ta’minoti shakllantirilgan. Shuningdek, moliyaviy risklar boshqaruvini raqamlashtirish hisobiga moliyaviy risk oqibatlarini salbiy ta’sirini kamaytirish imkoni yaratilgan;
moliyaviy risklarni boshqarish maqsadida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida “Moliyaviy risklarni boshqarish” bo‘linmasini tashkil etish taklifi “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy tuzilmasida o‘z aksini topgan (“Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 18 maydagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijada moliyaviy riskni aniqlash, boshqarish va kamaytirish imkoni yaratilgan, hamda moliyaviy risk nazoratini kuchaytirish maqsadida “3 mudofaa chizig‘i” modeli shakllantirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish