Doschanov Akbar Tangirbergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsiya sharoitida tadbirkorlik tizimini barqaror rivojlanishining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.15 - Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyoti fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1851.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Abduganiev Otabek Allajanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik tizimini barqaror rivojlanishining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-nazariy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik va uning innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarini asoslashda “tadbirkorlik barqarorligi” va “tadbirkorlik xavfsizligi” tushunchalari, tizimga bo‘ladigan ichki va tashqi tahdid, xavf va risklar, jamiyat ilg‘or ijtimoiy tabaqasini shakllantirishdagi tadbirkorlik mahsuli hosilasi bo‘lgan inson kapitalini e’tiborga olib bu tushunchalarning ilmiy-nazariy ta’rifi takomillashtirilgan;
tadbirkorlik tizimini barqaror rivojlanishining iqtisodiy xavfsizligini tadqiq qilishning venchur, DXSh kapitallaridan foydalanish darajalarini aniqlash asosida “iqtisodiyot-jamiyat-tadbirkorlik” tizimlarini o‘zaro mutanosiblikda rivojlantiruvchi algoritmini qo‘llash tartibi shakllantirilgan; 
tadbirkorlik tizimi sub’ektlari innovatsion rivojlanish barqarorligi va iqtisodiy xavfsizligi omillari, ularni baholash ko‘rsatkichlari turli sifat va miqdor usullari yordamida ilmiy asoslandi;
Xorazm viloyatida tadbirkorlik tizimi faoliyatini barqaror va xavfsiz rivojlanish ssenariylarini tizim taraqqiyotini ta’minlaydigan asosiy omillarini hisobga olgan holda 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ko‘p variantlilik asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Innovatsiya sharoitida tadbirkorlik tizimini barqaror rivojlanishining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik va uning innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarini asoslashda “tadbirkorlik barqarorligi” va “tadbirkorlik xavfsizligi” tushunchalari, tizimga bo‘ladigan ichki va tashqi tahdidlar, jamiyat ilg‘or ijtimoiy tabaqasini shakllantirishdagi tadbirkorlik mahsuli hosilasi bo‘lgan inson kapitalini e’tiborga olib bu tushunchalarning ilmiy-nazariy ta’rifini takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda uning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 12 avgustdagi 11/03-15-6779-son hamda Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining 2021 yil 22 iyundagi 05-06/206-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanishi tadbirkorlik tizimi barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash jarayonlarini monitoring qilish, statistik tahlilini takomillashtirish hamda tadbirkorlik muhiti va salohiyatining samaradorlik parametrlarini baholash bo‘yicha tezkor, ishonchli va birlamchi ma’lumotlarni olish imkoniyatlari yaratilgan;
tadbirkorlik tizimini barqaror rivojlanishining iqtisodiy xavfsizligini tadqiq qilishning venchur, DXSh kapitallaridan foydalanish darajalarini aniqlash asosida “iqtisodiyot-jamiyat-tadbirkorlik” tizimlarini o‘zaro mutanosiblikda rivojlantiruvchi algoritmini qo‘llash tartibini shakllantirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda uning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 12 avgustdagi 11/03-15-6779-son hamda Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining 2021 yil 22 iyundagi 05-06/206-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi tadbirkorlik tizimi barqaror rivojlanishi va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ilmiy-uslubiy asoslari aniqlangan;
tadbirkorlik tizimi sub’ektlari innovatsion rivojlanish barqarorligi va iqtisodiy xavfsizligi omillari, ularni baholash ko‘rsatkichlarini turli sifat va miqdor usullari yordamida ilmiy asoslash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda uning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 12 avgustdagi 11/03-15-6779-son hamda Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining 2021 yil 22 iyundagi 05-06/206-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni qo‘llash natijasida tadbirkorlik tizimi mustahkamligini baholash bo‘yicha barqarorlik, xavfsizlik ko‘rsatkichlari tizimi va bu ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari takomillashtirilgan, natijada tizim samaradorligini 10 foizga o‘sishi ta’minlangan;
Xorazm viloyatida tadbirkorlik tizimi faoliyatini barqaror va xavfsiz rivojlanish ssenariylarini tizim taraqqiyotini ta’minlaydigan asosiy omillarini hisobga olgan holda 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ko‘p variantlilik asosida ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda uning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 12 avgustdagi 11/03-15-6779-son hamda Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining 2021 yil 22 iyundagi 05-06/206-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash istiqbolda viloyat tadbirkorlik tizimini barqaror va xavfsiz rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilgan. Ko‘p variantli qiyosiy prognoz natijalariga ko‘ra kichik biznes yalpi mahsuloti hajmi 1,34 marta, bandlar soni 1,17 marta, asosiy kapitalga kiritilgan investision-innovatsion resurslar hajmi esa 1,29 marta oshishi asoslangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish