Esanov Husniddin Qurbonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro vohasi florasi tahlili», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/V54.

Ilmiy rahbar: Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Botanika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.39.01.

Rasmiy opponentlar: Xasanov Furkat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Haydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro vohasi florasining konspektini tuzish va adventiv turlar tarkibini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Buxoro vohasi florasining zamonaviy tarkibi aniqlangan va 59 oila, 294 turkumga mansub 528 tur yuksak o‘simliklardan tashkil topgan konspekti tuzilgan;

ilk bor Buxoro vohasi florasining adventiv fraksiya tarkibi 21 oila, 67 turkumga mansub 89 turdan iboratligi aniqlangan;

ilk bor O‘zbekiston florasi uchun yangi bo‘lgan 5 tur (Amaranthus viridis L., Duchesnea indica (Andreews) Focke., Eclipta prostrata (L.) L., Erigeron bonariensis L., Symphyotrichum graminifolium (Spreng.) G.L.Nesom.) va tadqiqot hududi uchun 39 tur qayd etilgan;

Buxoro vohasi zamonaviy florasining shakllanishiga antropogen omillarning kuchli ta’siri natijasida chetdan kirib kelayotgan turlar sonining ortib borayotganligi isbotlangan;

aborigen va adventiv fraksiyalar oila va turkumlarining qiyosiy tahlilida taksonomik tarkibning bir-biridan farq qilishi isbotlangan;

kamyob va endem turlarning yangi o‘sish joylari aniqlangan hamda GAT xaritalari tuzilgan;

Buxoro vohasi florasining ma’lumotlar elektron bazasi yaratilgan va turlarning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari tuzilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Buxoro vohasi florasini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:

ma’lumotlarning elektron bazasi, o‘simliklarni tarqalish xaritalari, flora konspekti, Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 6 sentyabrdagi 03-01/12-3632-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar invaziv turlar populyasiyalarini aniqlash, kamyob, endem o‘simliklarni muhofaza qilish va ularning yangi o‘sish joylarini aniqlash, kadastr ishlarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;

yig‘ilgan yuksak o‘simliklarning 528 turga oid bo‘lgan 841 gerbariy namunalari, ayniqsa, hudud uchun 9 tur kamyob va endem, O‘zbekiston florasi uchun yangi 5 tur o‘simlik namunalari O‘rta Osiyoda gerbariy namunalari soni bo‘yicha yetakchi bo‘lgan respublika «Noyob ob’ekti» – Markaziy gerbariyga (TASH) taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 14 sentyabrdagi 5/1255-1850-son ma’lumotnomasi). Namunalar Markaziy gerbariy fondini boyitish, adventiv turlar tarkibini aniqlash hamda O‘zbekiston florasining ma’lumotlar elektron bazasi – FLORUZ axborot-tahlil tizimini (www.floruz.uz) shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish