Usmonova Diyora Mahmud qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzumchilik korxonalarining eksport salohiyatini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1040.
Ilmiy maslahatchi: Qosimova Ma’firat Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Saidahmedova Nodira Ilhamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzumchilik korxonalari eksport salohiyatini  oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Evropa ittifoqi va MDH segmenti bo‘yicha uzum mahsulotlari eksportida O‘zbekistonning raqobat pozisiyasini uzumning xo‘raki navlarini etishtirishni ko‘paytirish orqali oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
uzumchilik korxonalari eksporti mahsulotlari tarkibidagi «Rizamat ota» navi asosidagi milliy brendni yaratish asoslangan;
uzumchilik korxonalarining xorijiy mamlakatlarga mahalliy uzumning yangi hosildor navlarini eksport qilishda tannarxni qadoqlash texnologiyasi hisobidan kamaytirish orqali tashqi bozorlarga chiqish asoslangan;
Toshkent viloyati uzumchilik sohasi eksportida milliy brend va uzum navlariga asoslangan holda xorijiy mamlakatlar segmentatsiyasi negizida 2025 yilgacha rivojlantirishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzumchilik korxonalari eksport salohiyatini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida: 
Evropa ittifoqi va MDH segmenti bo‘yicha uzum mahsulotlari eksportida O‘zbekistonning raqobat pozisiyasini uzumning xo‘raki navlarini etishtirishni ko‘paytirish orqali oshirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha berilgan taklif uzumni eksport qiluvchi «NOBLE ACTIVITY» va «ZARKENT BEXZOD AGRO FRUITS» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 02 iyundagi 05/035-2342-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan  mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining eksport faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan;
uzumchilik korxonalari eksporti mahsulotlari tarkibidagi «Rizamat ota» navi asosida milliy brendni yaratish bo‘yicha berilgan taklif uzumni eksport qiluvchi «NOBLE ACTIVITY» mas’uliyati cheklangan jamiyatining eksportini rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 02 iyundagi 05/035-2342-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mas’uliyati cheklangan jamiyatining tashqi bozordagi ulushi 3,4 foizga oshgan;
uzumchilik korxonalarining xorijiy mamlakatlarga mahalliy uzumning yangi navlarini eksport qilishida tannarxni qadoqlash texnologiyasi hisobidan kamaytirishi orqali tashqi bozorlarga chiqishi bo‘yicha berilgan taklif uzumni eksport qiluvchi «NOBLE ACTIVITY» va «ZARKENT BEXZOD AGRO FRUITS» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining eksport faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 02 iyundagi 05/035-2342-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining foyda hajmini 12 foizga oshirishga erishilgan; 
Toshkent viloyati uzumchilik sohasi eksportida milliy brend va uzum navlariga asoslangan holda xorijiy mamlakatlar segmenti negizida 2025 yilgacha rivojlantirishning prognoz parametrlaridan Toshkent viloyati uzumchilik korxonalarini eksport faoliyatini rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 02 iyundagi 05/035-2342-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tanlangan mamlakatlar segmentiga  nisbatan eksport hajmini 5,6 foiz oshirishga erishiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish