Joldasova Shaxnoza Batirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chet el huquqini milliy qonunchilikda qo‘llash muammolari», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu425.
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Nasriev Ilxom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Abduraxmonova Xosiyat Baxtiyorovna, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro xususiy huquqda chet el huquqi normalarini qo‘llashning tartibga solinishini yanada takomillashtirish va ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet el huquqi normalarini qo‘llash hamda ularning mazmunini aniqlash zarurati, chet el huquqi normalari mazmunini aniqlashda sudlar tegishli vakolatli organlarga murojaat qilishi va aniqlik kiritishi, shuningdek ekspertlar jalb etib ularning xulosalarini qo‘llash tartibi asoslangan;
fuqarolik va iqtisodiy ishlar doirasida o‘zaro huquqiy yordamni takomillashtirish, bunda chet el huquqi normalarini qo‘llash hamda xorijiy sud qarorlarini tan olish va ijro etish mexanizmlarini xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq qo‘llash tartibi hamda bu jarayonda kollizion va moddiy adolat tamoyilini ta’minlashga qaratilganligi asoslab berilgan;
chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlar bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan barcha sub’ektlarning manfaatlarini chet el huquqi eng yaxshi tarzda himoya qilishi ko‘rsatilib, buning doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksida chet el huquqi normalarini qo‘llash, ularning mazmunini aniqlash, imperativ normalar va ommaviy tartib to‘g‘risidagi izohni qo‘llashga doir normalarni milliy qadriyatlar va manfaatlar asosida takomillashtirish zarurati asoslangan;
xalqaro darajada chet el huquqi qo‘llanilishi kollizion normalar va o‘zarolik prinsiplariga asoslanganligi hamda xalqaro xususiy huquq doirasida kollizion, moddiy va protsessual normalar o‘zaro aloqadoriligi asoslanib, kompleks Kollizion huquq kodeksini ishlab chiqish zarurati ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chet el huquqini milliy qonunchilikda qo‘llash muammolari  bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
chet el huquqi normalarini qo‘llash hamda ularning mazmunini aniqlash zarurati, chet el huquqi normalari mazmunini aniqlashda sudlar tegishli vakolatli organlarga murojaat qilishi va aniqlik kiritishi, shuningdek ekspertlar jalb etib ularning xulosalarini qo‘llash tartibini takomillashtirishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 14-moddasi hamda Iqtisodiy protsessual kodeksining 13 va 14-moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 19 iyuldagi 02/819-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif chet el huquqi normalarini qo‘llash hamda ularning mazmunini aniqlash zarurati, chet el huquqi normalari mazmunini aniqlashda sudlar tegishli vakolatli organlarga murojaat qilishi va aniqlik kiritishi, shuningdek ekspertlar jalb etilishi doirasida huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
fuqarolik va iqtisodiy ishlar doirasida o‘zaro huquqiy yordamni takomillashtirish, bunda chet el huquqi normalarini qo‘llash hamda xorijiy sud qarorlarini tan olish va ijro etish mexanizmlarini xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq qo‘llashni ta’minlash, bunda fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha xuquqiy yordam va xuquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Kishinev, 2002 yil 7 oktyabr`) qo‘shilish to‘g‘risidagi taklifi hamda mazkur Konvensiyaga qo‘shilishning ijobiy jihatlari va uni huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etish bo‘yicha takliflari 2019 yil 26 avgustdagi “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiyaga (Kishinev, 2002 yil 7 oktyabr`) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi O‘RQ-554-son Qonuni qabul qilinishida e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 5 maydagi 06/1-05/1214-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Kishinev, 2002 yil 7 oktyabr`) qo‘shilish haqida”gi Qonunda O‘zbekiston Respublikasining Konvensiyaga qo‘shilishi masalasi ijobiy ko‘rib chiqilishiga xizmat qilgan;
chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlar bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan barcha sub’ektlarning manfaatlarini chet el huquqi tomonidan himoya qilinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida chet el huquqi normalarini qo‘llash, ularning mazmunini aniqlash, imperativ normalar va ommaviy tartib to‘g‘risidagi izohni qo‘llashga doir normalarni milliy qadriyatlar va manfaatlar asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi F-5464-son farmoyishi va uning asosida tayyorlangan yangi Fuqarolik kodeksi loyihasida e’tiborga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklif chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlar bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan barcha sub’ektlarning manfaatlarini chet el huquqi tomonidan himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qilgan;
xalqaro darajada chet el huquqi qo‘llanilishi kollizion normalar va o‘zarolik prinsiplariga asoslanganligi hamda xalqaro xususiy huquq doirasida kollizion, moddiy va protsessual normalar o‘zaro aloqadorligi doirasida kompleks Kollizion huquq kodeksini ishlab chiqishi zarurati bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi F-5464-son farmoyishi va uning asosida tayyorlangan yangi Fuqarolik kodeksi loyihasida e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Fuqarolik kodeksida xalqaro darajada chet el huquqi qo‘llanilishi kollizion normalar va o‘zarolik prinsiplariga asoslanishida ijobiy ko‘rib chiqilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish