Mamatova Maxfuza Baxriddinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Choy va Choy yo‘li O‘zbekiston xalqlari tarixida”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2018.3.PhD/ Tar.318.
Ilmiy rahbar: Kobzeva Ol`ga Petrovna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,  PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Gulchehra Azizovna, tarix fanlari doktori, professor; Xushvaqtov Nabi, tarix fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston xalqlari tarixida choy va Choy yo‘lini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Choy yo‘li Evroosiyo materigida iqtisodiyotning rivojlanishi va turli xalqlar madaniyatlarining yaqinlashuvida muhim savdo yo‘li bo‘lganligi, Choy yo‘li tarixi (mil. avv. I asrdan – milodiy XXI asrlar) oltita davrdan iborat ekanligi, choy dori sifatida birinchi so‘g‘d savdogarlari tomonidan Markaziy Osiyoga olib kirilganligi asoslangan;
Choy yo‘li dastlab Buyuk Ipak yo‘lining bir qismi bo‘lganligi, XVI asrdan boshlab Janubiy, Shimoliy, G‘arbiy, Markaziy Osiyoni Sharqiy Osiyo bilan bog‘laydigan mustaqil savdo yo‘liga aylanganligi, unda choy savdosidagi vositachilik markazlari o‘zbek xonliklari shaharlari Qo‘qon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva bo‘lganligi, ular orqali choy «karvonlari»ning Rossiya, Eron va Hindistonga yo‘l olganligi, XVII-XIX asrlarda O‘zbekiston hududida choyning 6 xil navlari, shuningdek choy surrogatlari iste’mol qilinganligi, Kaspiyorti temir yo‘lining qurilishi natijasida choy ulgurji savdo markazlarining Xiva, Buxoro, Qo‘qondan Toshkent va Samarqandga ko‘chirilganligi, ushbu shaharlarda choy sanoatining rivojlanishi birinchi fabrikalarning («Vogau», «Popovlar») paydo bo‘lishi bilan dalillangan;
Sovet davrida «Boshchoy», «Turkchoy», «Choy boshqarmasi» tashkilotlarining tuzilganligi, Samarqand choy qadoqlash fabrikasining qurilishi (1938 y.) Markaziy Osiyoda choy sanoati rivojlanishiga hissa qo‘shganligi, Ikkinchi jahon urushi davrida Samarqandga Moskva choy fabrikasining evakuatsiya qilinganligi, bir necha oy ichida ishga tushirilganligi va butun sobiq SSSRning choyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda 13 barobar ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni boshlaganligi isbotlangan;
mustaqillik yillarida choy ishlab chiqarish sanoatini takomillashtirish orqali choy importining qisqartirilganligi, o‘zbek choyi eksportini yo‘lga qo‘yish maqsadida respublikada (Toshkent, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari) choy naviga qarab qulay hududlar tanlanganligi va mahalliy fabrikalarning faoliyat yurita boshlaganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Choy va Choy yo‘li O‘zbekiston xalqlari tarixidagi o‘rniga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Choy yo‘li dastlab Buyuk Ipak yo‘lining bir qismi bo‘lganligi, XVI asrdan boshlab Janubiy, Shimoliy, G‘arbiy, Markaziy Osiyoni Sharqiy Osiyo bilan bog‘laydigan mustaqil savdo yo‘liga aylanganligi, unda choy savdosidagi vositachilik markazlari o‘zbek xonliklari shaharlari Qo‘qon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva bo‘lganligi, ular orqali choy «karvonlari»ning Rossiya, Eron va Hindistonga yo‘l olganligi, XVII-XIX asrlarda. O‘zbekiston hududida choyning 6 xil navlari, shuningdek choy surrogatlari iste’mol qilinganligi, Kaspiyorti temir yo‘lining qurilishi natijasida choy ulgurji savdo markazlarining Xiva, Buxoro, Qo‘qondan Toshkent va Samarqandga ko‘chirilganligi, ushbu shaharlarda choy sanoatining rivojlanishi birinchi fabrikalarning («Vogau », «Popovlar») paydo bo‘lishiga oid natijalardan O‘zbekiston Gastronomik turizm assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda «The Tea Road» xaritasi bilan buklet tayyorlashda keng qo‘llanilgan (O‘zbekiston Gastronomik turizm assotsiatsiyasining 2021 yil 21 apreldagi 87-son ma’lumotnomasi). Bu buklet gastrotourism.uz saytini ommalashtirishga xizmat qilib, O‘zbekiston gastronomik yo‘nalishlariga tashrif buyurgan sayyohlar uchun xizmat qilgan;
Sovet davrida «Boshchoy», «Turkchoy», «Choy boshqarmasi» tashkilotlarining tuzilganligi, Samarqand choy qadoqlash fabrikasining qurilishi (1938 y.) Markaziy Osiyoda choy sanoati rivojlanishiga hissa qo‘shganligi, Ikkinchi jahon urushi davrida Samarqandga Moskva choy fabrikasining evakuatsiya qilinganligi, bir necha oy ichida ishga tushirilganligi va butun SSSRning choyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda 13 barobar ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni boshlaganligiga oid natijalardan 2018-2019 yillarda yakunlangan I-56-10/37 «Madaniy meros – eng oliy qadriyat» davlat grantida ishlatilgan (Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat muassasasining 2021 yil 17 maydagi 31-son ma’lumotnomasi). Natijalarni qo‘llash choy fabrikalari faoliyati haqidagi yangi va qiziqarli ma’lumotlarni ajratib ko‘rsatish imkoniyatini yaratgan;
Markaziy Osiyoda choyni dori sifatida birinchi so‘g‘d savdogarlari keltirganligidan tortib, choy savdosi va uni ishlab chiqarishning zamonaviy jihatlarigacha bo‘lgan davrni (mil. avv. I asrdan – mil. XXI asrlar) o‘z ichiga olgan Choy yo‘li tarixi davrlashtirilganligi (oltita davrdan iborat), Choy yo‘lining Evroosiyo qit’asida iqtisodiyotning rivojlanishida va turli xalqlar madaniyatining yaqinlashuvida muhim o‘rin tutgan savdo yo‘li bo‘lgangiga oid natijalardan «Oʻzbekiston» teleradiokanali» DUK qoshidagi «Oʻzbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Hayrli kun» dasturining «Choyning qadim tarixi, sug‘dlarda choy savdosi va choy turizmining rivojlanishi» mavzusidagi ko‘rsatuvda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining DUK qoshidagi «Oʻzbekiston tarixi» telekanalining 2020 yil 4 martdagi 01-14-462-sonli ma’lumotnomasi). Bu tomoshabinlarga choy tarixi, uning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, o‘zbek choyxonalari tarixi to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarni bilib olishlariga imkoniyat bergan;
mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy ichimlik deb e’lon qilingan choy ishlab chiqarishning sifat jihatidan yangi bosqichga chiqqaligi, importni qisqartirish maqsadida respublikaning Toshkent, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida choy ekishni tashkil etishni takomillashtirish import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hajmining oshishi bilan tavsiflanganligi bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Oʻzbekiston» teleradiokanali» DUK qoshidagi «Oʻzbekiston tarixi» telekanali «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydanalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Oʻzbekiston» teleradiokanali» DUK qoshidagi «Oʻzbekiston tarixi» telekanalining 2021 yil 16 fevraldagi 02-10-226-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda «Choy yo‘li» turizmi brendi ostida keng yo‘lga qo‘yish lozimligi, shuningdek, O‘zbekistonda gastronomik turizm turlaridan biri sifatida choy turizmini rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish