Kenesbaeva Shaxsanem Kenesbay qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qoraqalpoq xalq dostoni “Shahriyor” (Genezisi. Janriy xususiyatlari. Syujet qatlami va obrazlar tarkibi)”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil908.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, Dsc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Baxodirova Sarigul, filologiya fanlari doktori, professor; Sariev San’at Matchanbaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoq xalq dostoni «Shahriyor»ning genezisi, janriy xususiyatlari, syujet qatlami, qoraqalpoq versiyasi va obrazlar tizimi asosida dostonning qoraqalpoq versiyasi variantlarining o‘ziga xosligi, Markaziy Osiyo turkiy xalqlari epik an’analarida tutgan o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq xalq dostoni «Shahriyor»ning milliy variantlarini qiyoslash natijasida Markaziy Osiyodagi turkiy xalqlarning mifologik ertak tip syujetli dostonlaridagi qadim davrlarga mansub arxaik syujetlar va turkiylarning egizaklar kul`ti, totemistik va animatik qarashlar bilan bog‘lik mifopoetik tasavvurlari asosida shakllanganligi isbotlangan;
doston variantlarining turkiy xalqlar eposlari, ertaklari, rivoyatlari, afsonalari va miflaridagi sayyor syujetlar bilan o‘zaro tipologik mushtarakligi va yetakchi motivlar tarkibining qadimiyligi va uning janriy farqlanishi jarayoni uzoq davom etganligidan dalolat berishi aniqlangan;
doston kompozisiyasidagi an’anaviy epik syujetlarning obrazlar tizimining rivojlanishiga, tasviriy vositalariga, boy milliy variantlarning paydo bo‘lishiga jirovlarning badihago‘ylik iste’dodi va shaxsiy ijrochilik mahoratiga zamin yaratganligi dalillangan;
«Shahriyor» dostonining ijtimoiy va hayot masalalarini aks ettirgan mifologik ertak tip syujetli doston ekanligi qahramonlarning g‘ayritabiiy dunyoga kelishi, ilohiy kuchlardan madad olib voyaga etishi kabi qadimgi arxaik motivlar, mifologik qarashlar va e’tiqodlarning hayotiy realistik tasvirlar bilan qorishiq holda tasvirlanishi kabi doston voqealari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq dostoni «Shahriyor» ning genezisi, janriy xususiyatlari, syujet motivlari tipologiyasi va obrazlar tizimini o‘rganish orqali olingan natijalar asosida:
«Shahriyor» dostonining janriy xususiyatlari, milliy variantlarining o‘ziga xosliligini o‘rganishga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy tekshirish institutida bajarilgan FA-F-1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish (2017-2020)» mavzusidagi fundamental tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 19 apreldagi 17.01/81-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ilmiy loyihaning fol`klor janriga doir bo‘limlarini yozishda nihoyatda zarur ilmiy va amaliy manba sifatida foydalanilgan;
«Shahriyor» dostonining genezisi, janriy xususiyatlari, syujet qatlami va obrazlar tizimi haqidagi ilmiy-amaliy kuzatuvlar asosida umumta’lim maktablarining o‘quv-tarbiya soatlarida «Qoraqalpoq adabiyoti» fani bo‘yicha o‘quvchilarga o‘qitiladigan fanning sifatini oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 01-01/5-2203-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor va sadoqat ruhida tarbiyalashda, milliy o‘zlikni anglashni shakllantirishda yordamchi vosita sifatida qo‘llanilgan;
Xalq dostoni «Shahriyor»ning badiiy-kompozision xususiyatlariga doir jirovlarning badiiy tasvir vositalaridan foydalanishdagi til mahorati masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan xulosalaridan T.I.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan F3-2016-0908165532-sonli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» nomli fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.I.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 9 apreldagi 64-son ma’lumotnomasi). Natijada, doston variantlari matnlaridagi til xususiyatlari bo‘yicha olingan xulosalar ilmiy-metodik manba sifatida xizmat qilgan;
xalq dostonlarining kompozisiyasi, syujet qatlami va obrazlar tarkibi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan bog‘liq nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasining «Xalq xazinasidan», «Meros», «Fan va ta`lim» nomli ko‘rsatuv va radio-eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 apreldagi 01-021204-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittiruvlarning ilmiy ommabopligi ta’minlangan hamda milliy qadriyatlarimizning ruhiy-madaniy rivojlanishida tutgan o‘rnini yoshlar orasida keng ommalashtirishga erishilgan.