Jumaniyozov Fazliddin Bobojonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm transporti: shakllanishi, taraqqiyoti, muammolari”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar612.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Azimov Komil Sarvarovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Normurodova Go‘zal Bekmurodovna, tarix fanlari doktori, dotsent; Tog‘aeva Anora Zayniddinovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazmda 1873-2018 yilgacha bo‘lgan davrdagi transport vositalari va tarmoqlarining rivojlanishini hamda transport infratuzilmasi sohasidagi o‘zgarishlar dinamikasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xiva xonligida bosh vazir lavozimida ishlagan Islomxo‘ja tashabbusi bilan 48 ta kanal ustida ko‘prik qurilishi yo‘lovchi qatnovi va aravalarda yuk tashish xizmatini yaxshilashga xizmat qilgani aniqlangan;
Xorazmning Amudaryo bo‘yida joylashganligi suv transportining vujudga kelishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani, kemachilikning rivojlangan sohaga aylanishi va daryo bo‘yi aholisining kemachilikdan topadigan daromadi oila boqishning muhim omili bo‘lganligi, kemada xizmat ko‘rsatish va yuk tashish tartibining joriy etilishi natijasida aholining bir qismi mavsumiy ish bilan ta’minlangani aniqlangan;
1972 yilda Nukus temir yo‘l ko‘prigining qurilishi, 1969-1984 yillarda Tuyamo‘yin suv omborining barpo etilishi, 2004 yilda Toshsoqa yaqinida temir yo‘l ko‘prigining qurilishi Amudaryoda kemachilikning qisqarishi va odamlarning daryo orqali qatnovlarining cheklanishiga sabab bo‘lgani ochib berilgan;
mustaqillikning ilk davrida Xorazm viloyatini respublikaning markaziy hududlari bilan bog‘lovchi transport yo‘llari qo‘shni davlat hududidan o‘tganligi sababli yuzaga kelgan transport inqirozi 2004 yil Amudaryo ustiga temir yo‘l ko‘prigi qurilishi natijasida barham topganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Xorazm transporti: shakllanishi, taraqqiyoti, muammolari” mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
Xiva xonligida bosh vazir lavozimida ishlagan Islomxo‘ja tashabbusi bilan 48 ta kanal ustida ko‘prik qurilishi yo‘lovchi qatnovi va arobalarda yuk tashish xizmatini yaxshilashga xizmat qilgani to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan “Avesto” muzeyida yangi ekspozisiya tashkil qilishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2020 yil 26 iyundagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazmda ko‘priklar barpo etilishining iqtisodiy hayotda tutgan o‘rnini asoslab berish imkonini bergan;
Xorazmning Amudaryo bo‘yida joylashganligi suv transportining vujudga kelishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani, kemachilikning rivojlangan sohaga aylanishi va daryo bo‘yi aholisinin kemachilikdan topadigan daromadi oila boqishning muhim omili bo‘lganligi, kemada xizmat ko‘rsatish va yuk tashish tartibining joriy etilishi natijasida aholining bir qismi mavsumiy ish bilan ta’minlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Xorazm viloyati Transport boshqarmasi tasarrufidagi Urganch avtomobil` yo‘llari kasb-hunar kolleji talabalari uchun maxsus, fakul`tativ kurslar tashkil etishda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 9/3618-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarga suv transporti tizimdagi muammolar va uni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy, amaliy chora-tadbirlarga oid bilimlarini boyitish imkonini bergan;
1972 yilda Nukus temir yo‘l ko‘prigining qurilishi, 1969-1984 yillarda Tuyamo‘yin suv omborining barpo etilishi, 2004 yilda Toshsoqa yaqinida temir yo‘l ko‘prigining qurilishi Amudaryoda kemachilikning qisqarishi va odamlarning daryo orqali qatnovlarining cheklanishiga sabab bo‘lgani kabi ma’lumotlaridan Amudaryo havzasidagi suv yo‘llaridan foydalanish samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 9/3618-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm viloyatining “Ravshan”, “Eshjon Domor”, “Moxira” kabi xususiy korxonalari ixtiyoridagi kemalaridan foydalangan holda yangi ekoturizm yo‘nalishlari ishlab chiqish imkonini bergan;
mustaqillikning ilk davrida Xorazm viloyatini Respublikani markaziy xududlari bilan ulovchi transport yo‘llari qo‘shni davlat xududidan o‘tganligi sababli yuzaga kelgan transport inqirozi 2004 yil Amudaryo ustiga temir yo‘l ko‘prigi qurilishi natijasida barham topganligi haqidagi ma’lumotlardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Munavvar kun” ko‘rsatuvining 2020 yil 4 mart kuni tasvirga olingan sonida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 29 iyuldagi 1032-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazmda mustaqillik yillarida transport sohasidagi muammolar va ularning echimlarini ko‘rsatib berish imkonini bergan.