Esemuratova Saxibjamal Abdimurat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fuqarolik jurnalistikasining rivojlanishida internet-resurslarining roli (Qoraqalpog‘iston internet-resurslari misolida)”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil1010.
Ilmiy rahbar: Ismailova Klimentina Fuzaylovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Teshaboeva Dilfuza, filologiya fanlari doktori, professor; Palo‘anov Baxit, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq fuqarolik jurnalistikasining shakllanish bosqichlari, rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, fuqarolik jurnalistikasi fenomenini aniqlashtirish va uning professional jurnalistikaga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘istonda fuqarolik jurnalistikasi davriy jihatdan onlayn fuqarolik jurnalistikasining shakllanishi (2009-2012 yy.), dastlabki rivojlanishi (2013-2018 yy.), amaliy qo‘llanilishining takomillashuvi (2018 yildan bugunga qadar) kabi uch bosqichda rivojlanganligi dalillangan;
qoraqalpoq fuqarolik jurnalistikasida post-xabar, post-interv`yu, post-maqola, post-satirik kommentariy kabi janrlarning faol qo‘llanilishi, ularning professional jurnalistika janrlaridagi al`ternativalaridan og‘zaki so‘zlashuv uslubi, ijtimoiy muammolarni yorituvchi va refleksiv mazmuni, ixcham shakli bilan ajralib turishi isbotlangan;
onlayn fuqarolik jurnalistikasining mahalliy hamjamiyatdagi ijobiy ijtimoiy o‘zgarishlar yetakchisi sifatida jamoatchilik tashabbuslarni axborot bilan qo‘llab-quvvatlashning an’anaviy rolidan tashabbuskor roliga o‘tishi, jamoat birlashmalari, fuqarolar bilan birgalikda mahalliy hokimiyat organlarining ishtirokida ob’ektiv va o‘ziga xoslikni saqlagan holda muammoli loyihalarni bajarishi isbotlangan;
qoraqalpoq blogosferasidagi blogpostlar diskussion va narrativ xarakterda bo‘lib, FAQ-struktura va xaotik matn tuzilishi, voqealarga fuqarolik pozisiyadan yondashuvi va aynan fuqarolik jurnalistlar tomonidan yaratilishi bilan ajralib turishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Qoraqalpog‘istondagi fuqarolik jurnalistikasi fenomeni tushunchasi, uning professional jurnalistik faoliyatning muqobil maydoni sifatidagi roli va professional jurnalistikaga ta’sirini aniqlash borasida olingan ilmiy natijalar quyidagi asosda amalga oshirilgan:
professional va fuqarolik jurnalistikasi, blog, sayt va ijtimoiy tarmoqlar jurnalistikasining ahamiyati, fuqarolik jurnalistikasining rivojlanish bosqichlari bo‘yicha olingan natijalardan Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasi (Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasining 2021 yil 18 yanvardagi 01-02/24-son ma’lumotnomasi) va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi a’zolarining faoliyati uchun ilmiy asos vazifasini o‘tagan (O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2021 yil 30 martdagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasi ko‘rsatuv va eshittirishlarida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi a’zolarining faoliyatida axborot tayyorlash va tarqatishning huquqiy va axloqiy me’yorlarga amal qilinishida keng foydalanilgan;
fuqarolik jurnalistikasi, ijtimoiy tarmoqlar va blogosferadagi fake xabarlar va ularning oldini olish, ma’lumotlardan foydalanishdan oldin factchecking qilish bo‘yicha olib borilgan tahlil natijalaridan Qoraqalpog‘iston axborot agentligi axborot manbalarining ishonchliligini tekshirish faoliyatida ham qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston axborot agentligining 2021 yil 19 yanvardagi 01-211-son ma’lumotnomasi). Natijalar internetdagi professional va fuqarolik jurnalistikasi xizmatidagi muammolarni hal qilishda ilmiy asos bo‘lgan;
onlayn professional va fuqarolik jurnalistikasi bo‘yicha yuzaga kelgan yangi terminlar va janrlar turlari bo‘yicha bildirilgan fikr va mulohazalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan «Yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilayotgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati» (2019 yil 2 mart), Xo‘jayli tumanida tashkil etilgan «Ochiq muloqot» (2020 yil 17 oktyabr) anjumanlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 5 fevraldagi 07-04/18-02/271-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy ishda qo‘llanilgan terminlarni va yangi janrlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha nazariy konsepsiyalar taqdim etilgan.
fuqarolik jurnalistikasining ijtimoiy-siyosiy muhitdagi o‘rni, ijtimoiy fikrni shakllantirishdagi roli ta’lim va ijtimoiy tashabbuslar haqidagi tahliliy materiallardan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Jaslar TV» telekanalida jurnalistlarning axboriy va tahliliy janrdagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda muhim manba sifatida foydalanilgan («Jaslar TV» telekanalining 2021 yil 1 fevraldagi 01/02-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Jaslar TV» telekanalida samarali ko‘rsatuvlar tayyorlash, yozma va nutq madaniyatini yuksaltirish, jurnalistlarning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qilgan;
internet-resurslarida professional va fuqarolik jurnalistlarning birgalikdagi faoliyati natijalarining samaradorligi bo‘yicha berilgan takliflar yuzasidan KRuz.uz internet nashrida professional va fuqarolik jurnalistlar sherikligidagi materiallar soni ko‘payishiga xizmat qilgan (KRuz.uz internet nashri, 2021 yil 22 iyundagi 01/02-101-son ma’lumotnomasi). Natijada sayt tahririyatida professional va fuqarolik jurnalistlar sherikligidagi «Dөretio‘shilik mektebi» klubi tashkil etilgan;
fuqarolik jurnalistikasida internet resurslarning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi masalalarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish, shuningdek, professional va fuqarolik jurnalistikasi bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida www.karinform.uz sayti tashkil etilgan (2017 yil 18 aprel) va O‘zbekistonda rasmiy OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan (2019 yil 26 iyun, 1299-son guvohnoma). Natijada nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar kontentda asosiy manba sifatida qo‘llanilgan.