Berdiyorov Temur Azamatovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamoat transporti faoliyatida marketing tadqiqotlaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1131.
Ilmiy rahbar: Ergashxadjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Akromov Toxir Abduraxmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Zohidov Azamatjon A’zamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamoat transporti faoliyatida marketing tadqiqotlaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoat transporti xizmati sifatini baholash yondashuvi jarayonga ta’sir etuvchi omillar («xavfsizlik», «vaqt», «qulaylik», «axborot mavjudligi») tarkibini differensiatsiyalashtirilgan holda ularni «qizil», «sariq» va «yashil» toifalar bo‘yicha baholash asosida takomillashtirilgan;
jamoat transporti faoliyatida yo‘lovchilar harakatchanligining barqarorligi ta’minlashda transport xizmati sifatini baholash ko‘rsatkichlari tarkibiga «transportning harakatlanish vaqti», «qulay almashinuv bekatlari» va «moslashuvchan ish jadvali» ko‘rsatkichlarini kiritish taklif etilgan;
Jizzax viloyati jamoat transport korxonalarining zamonaviy marketing tadqiqotlarini takomillashtirishda ijtimoiy-innovatsion dasturlarni (aqlli bekat, to‘lov tizimi, harakat nazorati) ishga tushirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Jizzax viloyati jamoat transportida yo‘lovchi tashish hajmi o‘zgarishiga jamoat transporti xizmati sifatiga bo‘lgan talabni oshirish hamda jamoat transportiga sifat o‘zgarishlari ta’sirining 2025 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamoat transporti faoliyatida marketing tadqiqotlaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
jamoat transporti xizmati sifatini baholash yondashuvi jarayonga ta’sir etuvchi omillar («xavfsizlik», «vaqt», «qulaylik», «axborot mavjudligi») tarkibini differensiatsiyalashtirilgan holda ularni «qizil», «sariq» va «yashil» toifalar bo‘yicha baholash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining ID-523 idoraviy qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021 yil 19 maydagi 6/3191-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar jamoat transport turlari bo‘yicha xizmat sifatini yaxshilash, bekatlarni mijozlar uchun to‘liq ma’lumot bilan ta’minlash va avtomatlashtirilgan chipta tizimiga o‘tish, avtoturargohlarni avtomatlashtirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar amaliyotga joriy etilishi natijasida doimiy iste’molchilar soni 4,7 foizga, xizmat ko‘rsatish hajmi 9,2 foizga oshgan;
jamoat transporti faoliyatida yo‘lovchilar harakatchanligining barqarorligi ta’minlashda transport xizmati sifatini baholash ko‘rsatkichlari tarkibiga «transportning harakatlanish vaqti», «qulay almashinuv bekatlari» va «moslashuvchan ish jadvali» ko‘rsatkichlarini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining “Tashish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot va elektron tizim ishlashining yagona minimal standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi ID-3324 idoraviy qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021 yil 19 maydagi 6/3191-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan innovatsion texnologiyalardan foydalangan korxonalarning iqtisodiy samaradorligining 1,5 barobarga oshgan;
Jizzax viloyati jamoat transport korxonalarining zamonaviy marketing tadqiqotlarini takomillashtirishda ijtimoiy-innovatsion dasturlarni (aqlli bekat, to‘lov tizimi, harakat nazorati) ishga tushirishning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining “Tashish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot va elektron tizim ishlashining yagona minimal standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi ID-3324 idoraviy qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021 yil 19 maydagi 6/3191-son ma’lumotnomasi). Ushbu marketing tadqiqot yondashuvi orqali Jizzax shahrida joylashgan “Alo prestij servis” MChJda inson omili bartaraf etilgan.
Jizzax viloyati jamoat transportida yo‘lovchi tashish hajmi o‘zgarishiga jamoat transporti xizmati sifatiga bo‘lgan talabni oshirish hamda jamoat transportiga sifat o‘zgarishlari ta’sirining 2025 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2021 yil 19 maydagi 6/3191-son ma’lumotnomasi). Mazkur kompleks ko‘rsatkichlari hududlarda transport korxonalaridan to‘liq va batafsil axborot olishga ko‘maklashishning istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish dasturlarida foydalanilgan.