Raxmanova Vazira Norqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bombyx mori sul`fatlangan xitozannining sintezi, strukturasi va xossalari», 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD /K340.
Ilmiy rahbar: Rashidova Sayyora Sharafovna, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor; Yunusov Xaydar Ergashevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bombyx mori sul`fatlangan xitozanini sintez qilish, molekulyar massaviy va strukturaviy xususiyatlarini o‘rganish hamda tibbiy-biologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sul`fatlovchi agent sifatida xlorsul`fon kislotasidan foydalangan holda Bombyx mori sul`fatlangan xitozani olingan;
xitozanni sul`fatlash reaksiyasining kinetik qonuniyatlari va ma’lum molekulyar tuzilishga va funksional guruhlarning almashinish darajasiga ega bo‘lgan xitozan sul`fat olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
sul`fatlangan xitozanning molekulyar-massaviy xususiyatlari, polidisperslik qiymati, konformatsion xossalari va Kun segmentining uzunligi aniqlangan;
Bombyx mori xitozan sul`fat asosida kam toksik, "Sul`foparin" dori vositasi yaratilgan, gipolipidemik, antikoagulyant va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan, ateroskleroz farmokoterapiyasida yuqori samaradorligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bombyx mori sul`fatlangan xitozanining sintezi, tuzilishi va xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Bombyx mori xitozan sul`fat namunalari gipolepidemik xossalari ADSS-28.8 raqamli “Kuyish yaralarini davolashda xitozan hosilalaridan foydalanishning maqbul usulini ishlab chiqish va tanlash” mavzusidagi amaliy loyihasida “Sul`foparin” dori vositasining qondagi xolesterin va lipidlar miqdorining aterogenez havfini kamaytiruvchi xususiyatlaridan foydalanilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021 yil 9 oktyabrdagi 03/3093-son ma’lumotnomasi). Natijada aterosklerozning farmokoterapiyasi va giperxolesterinemiyada antikoagulyant sifatida qo‘llanilgan immunologik va gematologik xossaga ega bo‘lgan “Sul`foparin” dori vositasi yaratish imkonini bergan.
Bombyx mori xitozan sul`fati sintezi va uning xossalari bo‘yicha olingan ma`lumotlardan yuqori impakt faktorli (IF) 3 ta xorijiy jurnallarda namunalarning tuzilishi, reaksiya mexanizmi va xossalarining tahlili uchun foydalanilgan va havolalar berilgan (Polymers, 2018, V.10, Scopus , IF=4.493; Carbohydrate Polymers, 2013, V.91, Elsevier, IF=9.381; Advanced Functional Materials, 2021, V.31, Wiley, IF=18.808). Natijada qisqichbaqasimonlardan olingan xitozani asosida sul`fatlangan xitozan sintezini amalga oshirish imkonini bergan.