Abduraximov Akmal Xodjiakbarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Suv-spirtli eritmalarni chuqur tozalash uchun mahalliy xomashyo resurslari asosida adsorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2351.
Ilmiy rahbar: Jumaeva Dilnoza Juraevna, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Adizov Bobir Zamirovich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv-spirtli eritmalarni chuqur tozalash uchun mahalliy xomashyo resurslari asosida adsorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pavlovniya daraxti chiqindilaridan piroliz jarayonida (22.5 kVt, 90 daqiqa) termik adsorbentni noan’anaviy (mikroto‘lqinli nurlanish) usulda  (0.14 kVt, 7 daqiqa) faollashtirib, uglerodli adsorbent olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
ilk bor etanol va suv bug‘i molekulalarining MTPAK-A adsorbentiga qonuniyatli o‘zgarishi ya’ni, BAU-A adsorbentiga nisbatan etanol molekulasini 2.5 marta, suv bug‘i molekulasini esa 1.2 marta ko‘p adsorbsiyalanishi aniqlangan;
MTPAK-A adsorbentining mikro g‘ovaklarida 0.5 mmol`/gga karrali 7 ta suv molekulalari qonuniyatli ravishda adsorbsiyalanishi, hamda mezo va makro g‘ovaklarida jami 9 ta, jumladan: mezo g‘ovaklarda 0.75 mmol`/gga karrali 5 ta va makro g‘ovaklarda 1.43 mmol`/gga karrali 4 ta etanol molekulalari qonuniyatli ravishda adsorbsiyalanishi aniqlangan;
ilk bor Pavloniya daraxti asosida faollashtirilgan uglerodli adsorbentning mikro g‘ovaklari 0,5 mmol`/g ga, mezo g‘ovaklari  0.75 mmol`/g ga va makro g‘ovaklari faol markazlari 1.43 mmol`/g ga teng ekanligi aniqlangan; 
Pavlovniya daraxti chiqindilari asosida MTPAK-A adsorbentini olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
faollashtirilgan MTPAK-A adsorbentining import BAU-A adsorbentiga nisbatan suv-spirtli eritmalarni tarkibidan zararli aralashmalarni 2.6 marta ko‘p tozalashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Suv-spirtli eritmalarni chuqur tozalash uchun yaratilgan uglerodli adsorbentlarni olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
suvli-spirt eritmalarini adsorbsion tozalash uchun  PAK-A faollashtirilgan ko‘mirli adsorbentlari  olish uchun tashkilot standarti  «O‘zstandart» agentligi tamonidan tasdiqlangan (Ts-17088447-06:2020). Mazkur tashkilot standarti mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
mahalliy Pavlovniya daraxti chiqindisi asosida yangi ko‘mirli adsorbentni olish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda  vinochilikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 28 apreldagi 02-16/1360-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv-spirtli eritmalarni chuqur (to‘liqroq) tozalashda qo‘llaniladigan import o‘rnini bosuvchi ko‘mirli adsorbentlarni olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish