Eshmurodov Ziyodullo Oripovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kon transport tizimlarida rostlanuvchi elektr yuritmalar asosida energiya va resurstejamkor texnologiyalar», 04.00.16 – Konchilik mashinalari, 05.05.01 ‒ Energetika tizimlari va majmualari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/T325.
Ilmiy maslahatchi: Bobojanov Maxsud Kalandarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi DSc.17/04.06.2021.T.06.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjon Mukarramovich, texnika fanlari doktori, professor; Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Djuraev Rustam Umarxanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kon transport tizimlarida rostlanuvchi elektr yuritmalar asosida konveyerlar energiya samaradorligini oshirish imkonini beruvchi energiya va resurs tejovchi texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kon transport tizimlariga qo‘yiladigan texnik-texnologik talablarni hisobga olgan holda lentali konveyerlar energiya samaradorligini oshirish uchun konveyerlar ish samaradorligiga ta’sir etuvchi konstruktiv va texnologik omillar aniqlangan; 
kon massalarini tashish uchun konveyer transporti mexatron tizimi  ish rejimini rostlash imkonini beruvchi elektr yuritmalarga ega «konveyer-bunker-konveyer» tizimi bo‘yicha texnologik sxema asoslangan;
tortish qurilmasi va yuritmadagi yuklamani aniqlash, parametrlarni optimallash hamda elektr energiya isrofini minimallash uchun «yuk-lenta-tayanch rolik» tizimida konveyer qurilmasi kuchlanish-deformatsiya holatini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
konveyer yuk tashish samaradorligini lenta tezligini rostlash rejimiga va yuritma motorlarini foydali ish koeffisientiga, shuningdek lenta yuklanishi xarakteridagi tasodifiylikni hisobga oluvchi tashishda o‘rtacha me’yoriy energiya sarfini shakllantiruvchi jarayon matematik modeli ishlab chiqilgan;
asinxron elektr yuritmalarning dinamik xususiyatlarini aniqlash uchun yuklama va mashina parametrlari, dinamik ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olgan holda analitik bog‘liqliklar olingan;
kon massalarini tashishda energiya tejamkorligiga erishish uchun yuklama hajmi va unumdorlikni oshirishni hisobga oluvchi lentali konveyerning chastotaviy rostlanuvchi elektr yuritmalarini ishlash samaradorligini aniqlash algoritmi va matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kon-metallurgiya sanoatida kon massalarini tashish uchun chastotaviy-rostlanuvchi elektr yuritmalarini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritmali konveyerlar energiya va resurs tejamkor ish rejimlari hamda konveyer mexatron tizimlarida ishlab chiqilgan yuk oqimiga bog‘lik tezlikni rostlash sxemasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati 4-son gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 19 fevraldagi 02-06-07/2040-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘llash elektr energiya iste’molini o‘rtacha 30% ga, motor momentini o‘ta rostlashni  15% gacha, yuritma motorlari o‘rtasidagi yuklama teng taqsimlanishini 10%ga kamaytirish imkonini bergan;  
takomillashtirilgan lentali konveyerlarni ishga tushirishni boshqarish tizimi Navoiy kon-metallurgiya kombinati 4-son gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 19 fevraldagi 02-06-07/2040-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishga tushirish rejimlarida elektr energiya sarfi 15-25%ga va dinamik o‘ta yuklanishni 2-3 martaga kamaytirish imkonini bergan; 
rudani tashish va maydalashda energiya samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun kon massalarini tashish va maydalash mashina va mexanizmlari energiya va resurs tejamkorligini aniqlash usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati 4-son gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 19 fevraldagi 02-06-07/2040-son ma’lumotnomasi). Natijada, birlik maxsulotni ishlab chiqish uchun elektr energiyaning solishtirma me’yorini tonnasiga 1kVt soatga tejash imkonini bergan;
yarim o‘tkazgich elementlar bazasida yangi ishga tushirgichlar yordamida kon transport tizimi yordamchi qurilmalari uchun uch va bir fazali elektr motorlarini kommutatsiyalash jarayonini takomillashtirish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati 4-son gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 19 fevraldagi 02-06-07/2040-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik siklda sarflarni kamaytirish, yuritma asosiy qismlari ishlash muddatini uzaytirish va kon transport tizimlari yordamchi qurilmalari yuritmasidagi elektr motorlarni ishonchli kommutatsiyalash imkoni yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish