Jo‘raev Vohid Tojimamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim muhitida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 – elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Ilmiy rahbar: Tursunov Samar Quzievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mo‘minov Bahodir, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlashda elektron ta’lim muhitini yaratishning konseptual asoslari buyurtmachilarning zamonaviy ehtiyojlari, amaliy dasturlarga qo‘yiladigan didaktik, metodik, psixologik, texnik, estetik, ergonomik talablar virtual laboratoriya stendlari va multimedia materiallarini qamrab olgan dasturiy ta’lim vositalarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitini innovatsion muhitda ommabopligi, shaxsga yo‘naltirilganligi, unda ta’lim oluvchining mustaqil ishlay olish sifatlarini rivojlantirishga asoslangan modeli hamda uning MIT App Inventor konstruktorida mobil ilovasi didaktik jihatlari ta’lim vositalari  tasniflanishida ta’lim, muhit va ular orasidagi uzluksizlik va uzviylikni hisobga olish  asosida  takomillashtirilgan; 
pedagogik dasturiy vositalar fani mazmunining elektron ta’lim muhitida mobil SMART, Scrath texnologiyalardan foydalanish metodikasi didaktik sintez imkoniyatlari, ya’ni ta’lim jarayonida interaktiv muloqot, vaqtni nazorat qilish, axborotni har xil shakllarda taqdim etishga ustuvorlik berish orqali  takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini elektron ta’lim muhitida pedagogik dasturiy vositalarni yaratish va qo‘llash samaradorligini baholash mezonlari strategik prognozlash reproduktiv, variativ, qisman izlanuvchan, kreativ va statistik ko‘rsatkichlardan tahliliy foydalanishning didaktik, ergonomik metodik talablarini o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogik dasturiy vositalarning elektron ta’lim muhitida informatika ta’limida mobil ilovasini yaratish va undan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun kompleks qo‘llash, bilim olish faoliyatining sifatli boshqaruvini tashkil qilish, o‘qitishda yangi axborot texnologiyalarini qo‘llashga o‘qituvchilarning tayyorgarligi, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ijobiy motivatsiyani shakllantirish kabi didaktik shart-sharoitlarni aniqlashga oid tavsiyalaridan OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 89-03-2835-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan “Imkoniyati cheklangan talabalarni masofadan o‘qitish texnologiyasi”  nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatma tadqiqot materiallari bilan boyitilgan; 
an’anaviy va elektron ta’lim muhitida pedagogik dasturiy vositalarni joriy qilishda mobil texnologiyalarining ommabopligi, shaxsga yo‘naltirilganligi, zamonaviy pedagogikada yetakchilik qilishi, unda ta’lim oluvchining mustaqilligi, raqobatbardoshligi kabi xususiyatlariga oid tavsiyalaridan I-2011-13-4 raqamli “Tarbiyachilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash” nomli innovasion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 89-03-2835-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan “Tarbiyaviy ish texnologiyasi” nomli trening hamda “Ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv” nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatma materiallari ilmiy jihatdan asoslangan; 
elektron ta’lim muhitida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish darajalari va ko‘rsatkichlariga oid taklif hamda xulosalardan “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan) va shu asosda shaxsiy kompyuterlar hamda mobil qurilmalar uchun mobil ilovalar yaratilgan, amaliyotga joriy etilgan. Natijada bu takliflar “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining axborot kompetentligini o‘stirishda samaradorlikka erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish