Sharipov Sanjar Salomovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Burun orqali nafas olishi buzilgan bemorlarda ronxopatiyaning shakllanishi va kechishining klinik-genetik jihatlari», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib409.
Ilmiy maslahatchi: Xasanov Ulug‘bek Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfitddin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Guseynov Nazim Mamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi); Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Astana tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: burun orqali nafas olish buzilganda ronxopatiyaning rivojlanishi va klinik kechishida NOS3 (rs2070744), TGFb1 (rs1800471), VEGFA (rs2010963) genlari polimorf lokuslari genotipik ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ronxopatiyaning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi TGFb1 (rs1800471), VEGFA (rs2010963) genlarining ahamiyatli va NOS3 (rs2070744) genining ahamiyatsiz ekanligi isbotlangan;
ronxopatiyani ustuvor rivojlanish mexanizmlarini aniqlash maqsadida turli xil instrumental, biokimyoviy va genetik ko‘rsatkichlarni baxolashning bosqichlari ishlab chiqilgan;
ilk bor VEGFA genida S/S genotipining ronxopatiyani rivojlanishiga nisbatan himoya (protektiv) roli asoslangan;
ilk bor burun orqali nafas olishi buzilgan ronxopatiyali bemorlar uchun TGFb1 (rs1800471), VEGFA (rs2010963) genlariga bog‘liq bo‘lgan tashxislash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Burundan nafas olishi buzilgan bemorlarda ronxopatiyani tashxislash samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
burun orqali nafas olish buzilganda ronxopatiyaning tashxislash algoritmini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Burun orqali nafas olish buzilganda ronxopatiyaning tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8n-r/201-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma burundan nafas olishi buzilgan bemorlarda ronxopatiyani takomillashtirilgan tashxislash algoritmi yordamida ronxopatiyani erta bosqichlarida aniqlashga imkon yaratgan;
ronxopatiya rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi NOS3 (rs2070744), TGFb1 (rs1800471), VEGFA (rs2010963) genlarida o‘tkazilgan molekulyar-genetik usullari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ronxopatiyada molekulyar-genetik tadqiqot usullarini joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8n-r/202-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma burundan nafas olishi buzilgan bemorlarda ronxopatiyani rivojlanishi va kechishida genetik omillarning rolini aniqlash imkonini bergan;
burun orqali nafas olishi buzilgan ronxopatiyali bemorlarda halqum holatini funksional tashxislash yordamida baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ronxopatiyada xalqum holatini funksional tashxislash yordamida baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8n-r/203-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ronxopatiyali bemorlarda halqumdagi patologik o‘zgarishlarni ronxopatiyaning rivojlanishidagi rolini baholash imkonini bergan;
burundan nafas olishi buzilgan bemorlarda ronxopatiyani tashxislashni baholashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, “Happy Life Medical Centre” klinikasi va Toshkent shahar 7-klinik shifoxonasida klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 iyuldagi 8n-r/223-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi natijasida ishlab chiqilgan takomillashtirilgan tashxislash algoritmi asosida ronxopatiyali bemorlar hayot sifatining yaxshilanishi kuzatilgan.