Yo‘ldoshov Sherzod Abdullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mikrokristallik va kukunsimon sellyuloza asosida quyi qovushqoqli karboksimetilsellyulozaning olinishi, xossalari va ishlab chiqarish texnologiyasi», 02.00.05–Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T22.

Ilmiy rahbar: Sarimsoqov Abdushkur Abduxalilovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.27.06.2017.FM/K/T.36.01.

Rasmiy opponentlar: Raxmonberdiev Gappar, kimyo fanlari doktori, professor; Hayitmetova Saida Boqijonovna, texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mikrokristallik sellyuloza (MKS) va kukunsimon sellyuloza (KS) asosida suvda eruvchan quyi qovushqoqli karboksimetilsellyuloza (KMS) va yuqori almashinish darajasiga ega polianion sellyuloza (PAS) sintez qilish, ularning xossalarini aniqlash hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor monoapparat usulda MKS va PS asosida almashinish darajalari 0,42-0,48 bo‘lgan quyi qovushqoqli suvda eruvchan KMS namunalarini sintez qilish sharoitlari aniqlangan;

ilk bor MKS va KSni etil spirti muhitida bir bosqichda karboksimetillash orqali yuqori almashinish darajali PAS sintez qilingan;

adiabatik sharoitda MKS va KSni geterogen karboksimetillash reaksiyasining faollanish energiyasi, reaksiyaning tezlik konstantasi va issiqlik effektlari aniqlangan;

MKS va KS asosida quyi qovushqoqli KMS olishning monoapparat va PAS ishlab chiqarishning suspenzion texnologiyalari yaratilgan;

ilk bor quyi qovushqoqli, quyi almashingan KMSni qiyin yonuvchan yog‘och kompozisiyasi tarkibiga kiritish mahsulotning yong‘inga chidamlilik va fizik-mexanik xossalarini ortishiga olib kelishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

MKS va KS asosida quyi qovushqoqli KMS va PAS olish, ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

monoapparat texnologiya asosida «UZBEKNEFTEGAZ» milliy xolding kompaniyasi tasarrufidagi «Karbonam» MChJ korxonasi bazasida mahalliy xomashyolar asosida 370 tonna, umumiy qiymati 430 mln. so‘m bo‘lgan texnik KMS ishlab chiqarilgan («UZBEKNEFTEGAZ» milliy xolding kompaniyasining 2017 yil 23 fevraldagi 23-10-01/26-677-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan texnologiya neft` va gaz sanoati uchun import o‘rnini bosuvchi zarur mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan.

monoapparat texnologiyada mahalliy xomashyolar asosida KMS ishlab chiqarish uchun «Paxta sellyulozasi, linti va tekstil chiqindilari asosida texnik KMS ishlab chiqarish» texnologik reglamenti ishlab chiqilgan (TR_22235949-002:2016) va «OʹZLITINEFTGAZ» AJning roziligi asosida «Karbonam» MChJ korxonasi tomonidan tasdiqlangan. Mazkur texnologiya mahalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi eksportga yo‘naltirilgan yangi markadagi KMS olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish