Karimov Sardorbek Xojiboevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kollagen va fibroinning akril monomerlari bilan payvand sopolimerlanishi», 02.00.06–Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/K29.

Ilmiy rahbar: Rafiqov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.27.06.2017.FM/K/T.36.01.

Rasmiy opponentlar: Akbarov Hamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kudishkin Valentin Olegovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: akril monomerlarining oqsil makromolekulalari bilan payvand sopolimerlanish uslubi, kinetik parametrlari, sxemasini, sopolimerlarning fizik-kimyoviy, mexanik va amaliy xossalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

inisiatorning oqsil makromolekulasida peptid va aminoguruhlar bilan ta’sirlashuvi natijasida akril monomerlarining payvandlanish jarayonlari sxemasi ishlab chiqilgan;

kollagen va fibroinni akril monomerlari bilan payvand sopolimerlanish reaksiyalarining kinetik tartiblari va aktivlanish energiyasi odatdagi radikal polimerlanishdan farq qilishi aniqlangan;

payvandlanish darajasini, sopolimerlanish tezligi, sintez qilingan polimerlar va ular asosidagi materiallarning tuzilishi hamda fizik-kimyoviy xossalarini boshqarish parametrlari aniqlangan;

ishlov beruvchi moddalarni to‘qimachilik matosi molekulalariga payvandlanishi maxsus xossalarni yaxshilash omili ekanligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Mahalliy xomashyolardan foydalangan holda funksional-faol monomerlarning tabiiy polimerlar bilan payvand sopolimerlanishi bo‘yicha olingan izlanishlarning ilmiy natijalari asosida:

to‘qimachilik materiallarini olovdan himoyalash uchun ishlov berish kompozisiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 0523430, 2016). Natijada kompozisiyaning qo‘llanilishi materialning olovbardoshlik xossalarini oshirish imkonini beradi;

to‘qimachilik materiallarini olovdan himoyalash uchun ishlov berish kompozisiyasi «O‘zbekengilsanoat» AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 20 iyuldagi FJ-12-2281-son ma’lumotnomasi). Natijada olovga chidamli materialning tajriba-sanoat partiyasini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish