Mirzaev Abdulxamit Marifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bolalar va o‘smirlar sport maktablaridagi belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining tashkiliy pedagogik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped553.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich,pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Yarmatov Raximboy Baxromovich,pedagogika fanlari doktori;Maxmudov Baxrom Abdusalomovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijondavlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining psixologik-pedagogik xususiyatlari sportchini kompleks (ruhiy, jismoniy, motivatsion)tayyorlash  tamoyillari (tarixiylik, qadriyatlilik, sog‘lom tana-sog‘lom fikr)ni sport sohasidagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga fiziologik rivojlanish me’yorlaridan kelib chiqqan holda integratsiyalashtirish asosida aniqlashtirilgan;
belbog‘li kurash mashg‘ulotlarida sportchilarning jismoniy sifatlarini oshirishning individual moslashuvchan (sportchiga xos harakatlar tizimi, texnikasini rivojlantiruvchi) texnologiyalari  jismoniy tayyorgarlikni rag‘batlantiruvchi (sport va ma’naviy kamolot ta’siri, salomatlik va aqliy faoliyat bog‘liqligi) hamda sportchini g‘alabaga undovchi-raqobatlantiruvchi omillarga ustuvorlik berish asosida  takomillashtirilgan; 
belbog‘li kurash musobaqalariga bolalarni saralashning xususiy (kurashishga moyillik, mehnatsevarlik, qat’iyatlilik, jasorat) mezonlari sport texnikasini o‘rganish va o‘rgatish jarayonida ijodiy elementlar hamda kodli (sportchi va murabbiy o‘rtasida shartli tanlangan) buyruqlarga asoslangan tezkor kommunikativlik texnologiyalarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan; 
belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining didaktik ta’minoti adaptiv jismoniy (ushlab olish, raqibga ta’sirni amalga oshirish, hujum qilish, o‘zini himoya qilish va qarshi usulni amalga oshirish) mashqlar mazmuniga jismoniy rivojlanish me’yorlariga asoslangan majmuaviy-qoidali intellektual topshiriqlar, sportchilarni mavsumiy o‘zgarishlarga kompleks moslashtiruvchi mobil klub va turnirlar, umumxalq milliy bayramlarida erkin tanlov musobaqalari qoidalarini singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
belbog‘li kurash mashg‘ulotlari taqvim-mavzu rejasi, belbog‘li kurash mashg‘ulotlarini o‘tkazish algoritmini loyihalashga doir takliflar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim tizimi Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 01-02/2-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalar va o‘smirlar sport maktablarida o‘quvchi-sportchilar orasida o‘zaro hamkorlik, o‘zaro ta’sir va baholash muhiti omillarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi belbog‘li kurash mashg‘ulotlarini tashkil etish tamoyillari, amaliy-texnologik qoidalaridan jismoniy tarbiya fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan fan dasturlari va malaka talablarini amaliy texnologik  qoidalari “Umid nihollari» sport musobaqalari tarkibiga kiritilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 01-02/2-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, belbog‘li kurash sport turi musobaqalari mazmunan boyitilgan;
bolalar-o‘smirlar sport maktablaridagi belbog‘li kurash mashg‘ulotlarining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy-uslubiy, metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Davlat Qo‘mitasining 2018 yil 19 yanvardagi 01-07-08-209-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalar-o‘smirlar sport maktabi murabbiylariga qo‘yilgan pedagogik talablarni tizimlashtirish, milliy an’analar va qadriyatlarni tiklash imkonini bergan;
sport maktablarida belbog‘li kurash murabbiylarning tayyorgarligini oshirish, milliy sport turini tiklash, sportchilarning g‘urur va milliy oriyat g‘oyalaridan «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunning «O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari» deb nomlangan 20-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasining 2018 yil 9apreldagi 0415-06-35-son ma’lumotnomasi). Natijada, belbog‘li kurash sport turining xorijiy mamlakatlar va respublikamizda obro‘-e’tiborini oshirish va mustahkamlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish