Sharipova Munira Xamidullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shayboniy “Devon”ining poetik xususiyatlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil40. 
Ilmiy rahbar: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Asadov Maqsud Husenovich, filologiya fanlari doktori; Abdullaeva Marg‘uba Dusmiratovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shayboniy «Devon»ini ilmiy tavsif etish, she’riyatining janriy tarkibi, mavzu ko‘lami va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini, shoir ijodida adabiy an’ana, yangilik va o‘ziga xosliklarni ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Shoirning Ahmad Yassaviy, Said Imodiddin Nasimiy, Hofiz Xorazmiy, Alisher Navoiy kabi ulug‘ so‘z san’atkorlariga uslub hamohangligi, badiiy g‘oya va fikr yo‘siniga uyg‘unlik masalalarida izdoshligi an’ana va mushtaraklik nuqtai nazaridan dalillangan; 
Shayboniy asarlari, tarixiy manbalar va tazkiralardagi ma’lumotlar  asosida uning ilmiy tarjimai holi yaratilgan, shaxsiyati, ma’naviy-axloqiy qiyofasi, davr adabiy-madaniy hayotida tutgan o‘rni va ilm-fan homiysi sifatidagi xizmatlari ko‘rsatilgan;
«Bahr ul-hudo» qasidasining janr xususiyatlari, g‘oyaviy mazmuni va  mavzu qamrovi asosida Shayboniyning falsafiy-ma’rifiy, diniy-tasavvufiy fikr-qarashlari ochib berilgan; 
Shayboniy  she’riyatida qo‘llangan poetik vositalar, xalq og‘zaki ijodiyotiga mansub ifoda usullari va talmeh, saj’, musajja’, tajnis singari badiiy san’atlar orqali shoir ijodining o‘ziga xosliklari ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shayboniy adabiy merosi va «Devon»ining poetik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
Shayboniy ijodida  tarixan qadimgi turkiy xalqlar  og‘zaki ijodiga xos xususiyatlarning, xususan saj’, musajja’ va tajnis san’atlarining o‘ziga xos tarzda aks etganligi, Shayboniy va undan boshlangan shayboniylar davri she’riyatida adabiy til va ifodaning soddalashganligi hamda adabiyotning xalq jonli tiliga yaqinlashganligi yuzasidan chiqarilgan  ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zR  Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida  bajarilgan FA-F-1-005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 3 avgustdagi 190/1-son  ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari turkiy xalqlar tili va adabiyotining mushtarak jihatlarini asoslashga xizmat qilgan;
Shayboniy «Devon»ining matn xususiyatlari,  shoir ijodiga  Ahmad Yassaviy, Said Imodiddin Nasimiy, Hofiz Xorazmiy, Alisher Navoiy kabi   kabi so‘z san’atkorlarining adabiy ta’siri va bu ta’sir asarlarning mazmun-mohiyati, ifoda usuli  va obrazlar olamidagi uyg‘unlikda aks etganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Ozarbayjon  Milliy Fanlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomli Adabiyot institutida «Manbashunoslik va matnshunoslik», «Turkiy xalqlar adabiyoti tarixi», «Qardosh xalqlar adabiyoti», «Adabiy aloqalar» kabi fanlarni o‘qitishda foydalanilgan (Ozarbayjon MFA Adabiyot institutining 2021 yil 14 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘zbek mumtoz adabiyotiga oid bilimlari oshirilishiga erishilgan;
Shayboniyning ilmiy-ijodiy biografiyasi, ma’rifatparvarlik faoliyati va o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida tutgan o‘rnini yoritishda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali-ning «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» nomli eshittirish va ko‘rsatuvlarining 2020 – 2021 yillarda efirga uzatilgan sonlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 3 maydagi 1-47-21-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirish va ko‘rsatuvlarda yoritilgan adabiy masalalar ilmiy dalillar bilan ta’minlangan va Shayboniy ijodining targ‘ib qilinishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish