Kurbanova Dildora Abduraxmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarini resurs tejamkorligi asosida iqtisodiy samaradorligini oshirish», 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD./Iqt880.
Ilmiy rahbar: Xashimova Salima Nigmatullaevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika instituti, DSc. 03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Kosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Camatov G‘affor Alloqylovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura – qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida O‘zbekiston temirbeton  sanoati korxonalarida resurs tejamkorligi  asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temirbeton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida resurslardan samarali foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash asosida tegishli ikkilamchi resurslarni maydalash negizida ularni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish asoslab berilgan; 
sirkulyar iqtisodiy tizim sharoitida temirbeton mahsulotlaridan foydalanishda mahsulotlarning birlamchi hayot davri tugagandan so‘ng uni ikkinchi marta yirik va mayda to‘ldiruvchi hamda asl ko‘rinishidagi bloklar yoki mayda bloklar sifatida qo‘llashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muovfiqligi asoslangan;
temirbeton ishlab chiqarish korxonasining prognoz ko‘rsatkichlari umumiy tannarx asosida baholanishi istiqbolda resurssig‘imlilik, daromad, ish haqi fondi, asosiy fondlar qiymati kabi ko‘rsatkichlarning optimal shakllanishiga xizmat qilishi asoslab berilgan va uning ekonometrik modeli ishlab chiqilgan;
mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslarni optimal taqsimotini samarali tashkil etishda Qo‘yliq KTQTZda maxsus mutaxassis birligini joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sanoat korxonalarida resurs tejamkorligi asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
temirbeton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida resurslardan samarali foydalanish va ekologik xafsizlikni ta’minlash asosida tegishli ikkilamchi resurslarni drobillash va maydalash negizida ularni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar Qo‘yliq KTQTZ faoliyatiga joriy qilingan (Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 martdagi 45/78523-on ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni qo‘llash natijasida korxonada 91 mln. so‘mlik resurs tejamkorligini ta’minlash imkonini bergan;
sirkulyar iqtisodiy tizim sharoitida temirbeton mahsulotlaridan foydalanishda mahsulotlarning birlamchi hayot davri tugagandan so‘ng uni ikkinchi marta yirik va mayda to‘ldiruvchi hamda asl ko‘rinishidagi bloklar yoki mayda bloklar sifatida qo‘llashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muovifqligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2020 yil 16 iyuldagi 98/14562-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida qo‘mita korxonalarida 5% resurs tejamkorligini ta’minlash imkonini bergan;
temirbeton ishlab chiqarish korxonasining prognoz ko‘rsatkichlari umumiy tannarx asosida baholanishi istiqbolda resurssig‘imlilik, daromad, ish haqi fondi, asosiy fondlar qiymati kabi ko‘rsatkichlarning optimal shakllanishiga xizmat qilishi bo‘yicha takliflar Qo‘yliq KTQTZ faoliyatida qo‘llangan (Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 martdagi 45/78523-on ma’lumotnomasi). Ushbu modelni qo‘llash asosida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining prognoz modeli bo‘yicha takliflar 2021-2025 yillar uchun hisob-kitob ishlarida va reja ko‘rsatkichlarini shakllantirishda korxonada 5% lik iqtisodiy tejamga erishilgan. 
mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslarni optimal taqsimotini samarali tashkil etishda maxsus mutaxassis birligini joriy etish taklifi Qo‘yliq KTQTZ amaliyotiga joriy etilgan (Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 martdagi 45/78523-son ma’lumotnomasi). Joriy takliflarni tadbiq etish natijasida resurslardan foydalanishda 4,5 % lik tejamga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish