Aminjonov Sherzod Mirabosovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hayvonlarning asosiy sestodozlari va ularga qarshi immunoprofilaktika tadbirlarini ishlab chiqish», 03.00.06–Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/V2.
Ilmiy maslahatchi: Matchanov Nazar Matkarimovich,veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017. Qx/V.12.02.
Rasmiy opponentlar: Azimov Djaloliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik; Ro‘zimurodov Ahror Ro‘zimurodovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Dadaev Saydullo Dadaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sharoitida asosiy sestodozlarning epizootologiyasini aniqlash, erta tashxislash, sog‘lomlashtirish, gijjasizlantirish va immunoprofilaktikaga asoslangan tadbirlarni ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston sharoitidagi qo‘ylar va itlarda asosiy sestodozlar epizootologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni tabiiy sharoitlarda invaziyaning saqlanishi va tarqalishida it-qo‘y-it tizimining zarur epizootologik va epidemiologik ahamiyati asoslangan;
oraliq hamda definitiv xo‘jayinlarda asosiy sestodozlarning morfologiyasi, tarqalishi, mavsumiy hamda itlarning xizmat faoliyati, yoshi va jinsiga bog‘liq dinamikasi asoslangan;
Echinococcus granulosusning itlar organizmida rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosida uning biologiyasi ilmiy asoslangan;
qo‘ylarda exinokokkoz kasalligining morfologik, klinik, patologoanatomik, gel`mintolarvoskopik, gematologik va biokimyoviy tashxis mezonlari ishlab chiqilgan;
qo‘y va itlarda asosiy sestodozlarning maxsus sog‘lomlashtirish tadbirlari majmui ishlab chiqilgan;
itlar exinokokkoziga qarshi vodorod bromidli arekolin, shuningdek, febendazol, fenasal, bitionol, febantel, mebendazol va disallanning turli konsentratsiyadagi eritmalari, sestan, Brovanol-D, Brovanol-M, Brovanol plyus antigel`mintiklari samaradorligi asoslangan;
qo‘ylar exinokokkozining immunoprofilaktika tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Hayvonlarning asosiy sestodozlari va ularga qarshi immunoprofilaktika tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: «Itlardagi mul`tiseptoz kasalligini profilaktikasi uchun vaksina» ishlanmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04504, 2012 y.). Bunda itlarda mul`tiseptozga qarshi vaksinani qo‘llash orqali 90% samaradorlikka erishish imkonini bergan; ishlab chiqilgan vaksina Qashqadaryo viloyatining qo‘ychilik xo‘jaliklarida qo‘y va itlarda exinokokkoz va mul`tiseptoz kasalliklarining epizootologik holatini aniqlash jarayoniga joriy etilgan (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2016 yil 23 noyabrdagi 48/4-1734-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan vaksina natijasida exinokokkoz va mul`tiseptoz oldini olishda 89,7% samaradorlikka erishilgan.