Masharipova Muxabbat Matrasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Modifikatsiyalangan kompozision furan-epoksidli polimer materiallarning samarali tarkiblarini va ular asosida oziq-ovqat sanoati mashina va uskunalari uchun korroziyabardosh qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2345.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Sayibjon Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Eshmuratov Baxodir Beshimovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Soliev Rustam Xakimjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Adilov Ravshan Erkinovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: modifikatsiyalangan kompozision furan-epoksidli polimer materiallarning samarali tarkiblarini va ular asosida oziq-ovqat sanoati mashina va uskunalari uchun korroziyabardosh qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer va organomineral to‘ldiruvchilarning turiga, tarkibiga va nisbatiga qarab modifikatsiyalangan kompozision furan-epoksid polimer materiallari va ularning qoplamalarining fizik-mexanik xususiyatlarining o‘zgarishi qonuniyatlari va ul`tratovush bilan ishlov berish rejimi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
mahalliy xomashyo va mashinasozlik sanoatining chiqindilari asosida modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv furan-epoksid materiallari bilan to‘ldirilgan kompozisiyalarini ul`tratovush bilan modifikatsiyalashning samarali ikki bosqichli usuli ishlab chiqilgan;
organomineral to‘ldiruvchilarning turi, tarkibi va nisbati, ul`tratovush bilan ishlov berish rejimlarini kompozisiyalarning fizikaviy va mexanik xususiyatlariga ta’siri qonuniyatlari orqali, mashinasozlik maqsadlari uchun modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv furan-epoksid polimer materiallari va korroziyaga chidamli qoplamalarning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv furan-epoksid polimer materiallari va ularning qoplamalari yuqori fizik-mexanik xususiyatlarga ega ekanligi va agressiv muhit ta’sirida yuqori korroziyaga chidamliligi aniqlangan;
oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar va uskunalarning ishchi organlarida ishlatish uchun modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv furan-epoksid polimer materiallari va ulardan korroziyaga chidamli qoplamalar olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Modifikatsiyalangan kompozision furan-epoksidli polimer materiallarning samarali tarkiblarini va ular asosida oziq-ovqat sanoati mashina va uskunalari uchun korroziyabardosh qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv furan-epoksid polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarning yangi tarkibi «Guliston ekstrakt yog‘» AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 26 avgustdagi KS/3-820-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘-moy sanoati korxonasi qurilmalari diaratorbaklarning ishlash muddatini 2-2,5 baravarga oshirish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan kompozision furan-epoksidli polimer materiallarning samarali tarkiblarini va ular asosida oziq-ovqat sanoati mashina va uskunalari uchun korroziyabardosh qoplamalar «Guliston ekstrakt yog‘» AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 26 avgustdagi KS/3-820-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘-moy sanoati korxonasi qurilmalari nasoslarining ishlash muddatini 1,5-2 baravarga oshirish imkonini bergan.