Muhitdinova Nazmiya Muslihiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirhasan Sadoiy va uning adabiy merosi (she’riyat poetikasi, g‘oyaviy-badiiy tahlil masalalari)», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil115.
Ilmiy rahbar: Qudratullaev Hasan Samadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Erkinov Aftondil Sadirxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Olimov Sultonmurod, filologiya fanlari nomzodi, v.b professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Sadoiy ijodining o‘zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyoti tarixida tutgan o‘rnini belgilash, Qo‘qon adabiy muhiti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, shoir devonining matn va g‘oyaviy-badiiy, poetik jihatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sadoiyning XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asr boshlaridagi Qo‘qon adabiy muhitida tutgan mavqei ko‘rsatib berilgan va shoirning asarlari qo‘lyozma hamda toshbosma manbalar asosida tekstologik jihatdan dalillangan;
devon nusxalaridagi matniy tafovutlar aniqlagan va ular bir xillikka keltirilib, devonning muallif variantiga yaqin yig‘ma matni ishlab chiqilgan;
Sadoiy devonining kompozision-uslubiy, janriy va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, diniy-tasavvufiy adabiyot tamoyilaridan kelib chiqib isbotlangan;
shoirning vazn, qofiya va badiiy san’atlarni qo‘llashdagi poetik mahorati va o‘ziga xos uslubi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining «Keng ommaga, ayniqsa, yoshlarga mustaqillik yillarida inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining mazmun-mohiyatini etkazish» nomli grantida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 6 sentyabrdagi 89-04-1224-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot natijalari Sadoiy devonining kompozision, janr va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari asoslashga xizmat qilgan;
Qo‘qon adabiy muhitining yorqin namoyandalaridan biri Mirhasan Sadoiy ijodi va adabiy g‘oyalari adabiy hayotida mavjud bo‘lgan turli yo‘nalishlar, oqimlar, ayrim ilg‘or fikrli shoirlar ijodi yoritilga «Qo‘lyozma manbalarning milliy-ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati mavzusidagi OT-E8027-raqamli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 12 sentyabrdagi FTA-02-11/637-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Sadoiy sheriyatining o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analariga bo‘lgan munosabatini va shoirning vazn, qofiya hamda badiiy san’atlarini qo‘llashdagi mahoratini ochib berishga xizmat qilgan.