Rahimov Ashraf Rasul o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv oqimining nobarqaror harakatidagi gruntli kanallarning deformatsiyasini tadqiqotlash”, 05.09.07- Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2159
Ilmiy raxbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor. Ernazar Jumaevich Maxmudov, texnika fanlari falsafa doktori, (PhD). Ilhom Ahrorovich Ibragimov
Yetakchi tashkilot - “O‘zbekiston milliy universiteti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gruntli kanallarning dinamik mustahkam ko‘ndalang kesimlarini va oqiziqlar transportini shamol to‘lqinlarining ta’sirini inobatga olgan holda gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘lib hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gruntli kanallardagi dinamik mustahkam ko‘ndalang kesimning tenglamalari oqimning barqaror va nobarqaror sharoitlari inobatga olinib takomillashtirilgan va yangi hisob usullari ishlab chiqilgan;
gruntli kanallarda oqimning nisbiy oqiziqlar sarfini aniqlashning hisobiy bog‘lanishlariga suvning barqaror va nobarqaror harakatini holatlari inobatga olinib hosil qilingan va gidravlik hisob modeli ishlab chiqilgan;
olingan tenglamalar va eksperimental tadqiqotlar asosida gruntli kanallarda suvning barqaror va nobarqaror harakati holatlarini inobatga oladigan mustahkam gidrodinamik kesimlarning gidravlik hisob usullari takomillashtirilgan va gidravlik hisob modeli ishlab chiqilgan;
hosil qilingan bog‘lanishlar va eksperimental tadqiqotlar asosida gruntli kanallarda suvning barqaror va nobarqaror harakatini sharoitlarida nisbiy oqiziqlar sarfini aniqlashning gidravlik hisob usullari takomillashtirilgan hamda bunga asosan hisob algoritmi va EHM hisoblash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kanal oqimining barqaror va nobarqaror harakatlarida dinamik mustahkam ko‘ndalang kesim shakllanishi va oqiziqlar transportini hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oqimning barqaror va nobarqaror holatlarida dinamik mustahkam ko‘ndalang kesimning hisob usuli “Suv xo‘jaligi vazirligi” tasarrufidagi “Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” Qarshi magistral va “Mirishkor” kanallarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 16-avgustdagi MB 72216602-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada kanalning suv o‘tkazish qobiliyatini bu hisob usulining qo‘llanishi asosida 5-10 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan.
oqimining barqaror va nobarqaror harakatlarida nisbiy oqiziqlar sarfini hisob usuli “Suv xo‘jaligi vazirligi” tasarrufidagi “Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” Qarshi magistral va “Mirishkor” kanallarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 16-avgustdagi MB 72216602-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada kanalning suv o‘tkazish qobiliyati bu hisob usulining qo‘llanishi asosida 5-10 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
yuqorida ko‘rsatilgan hisob usullari “Suv xo‘jaligi vazirligi” tasarrufidagi “Gidroproekt” AJ va “UZGIP” AJ loyihalash institutlarida gidrotexnika inshootlarini loyihalashda foydalanish uchun qabul qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 16-avgustdagi MB 72216602-raqamli ma’lumotnomasi). Loyihalash ishlari natijasida kanallarning deformasion jarayonlarining kamayishiga va foydalanish samaradorligini 5-10 % ga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish