Saidova Nilufar Ro‘zimurotovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematikaviy kompetensiyalarini shakllantirishda AKT vositalaridan foydalanish texnologiyalari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2020.3.PhD/Ped1768. 
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor;  Abdullaeva  Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematikaviy kompetensiyalarini shakllantirishda AKT vositalaridan foydalanish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matematikaviy kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’sirida o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatining xulosalash-namoyon etish, tanishtirish-idrok etish, boshqarish-fikrlash, nazorat-anglash kabi o‘zaro bog‘langan tuzilmasini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv-biluv jarayonidagi didaktik mahsuldorligi an’anaviy va interfaol mashg‘ulotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari psixo-fiziologik xususiyatlarining senzitiv, perseptiv, kinestetik, divergent kabi dinamik o‘zgarishlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematikaga oid ijodiy faollik ko‘nikmasi hamda kognitiv kompetensiyasini shakllantirish jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sub’ektlarning fikrlash va xotirani mustahkamlashga yo‘naltirilgan faoliyatiga (mantiqiy, motivatsion va nazorat qilish) o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda matematikadan o‘quv materialini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida modellashtirish bosqichlari mazmuni matematik faoliyatni tashkil etishning mustaqil matematik faoliyat, ustuvorligi, aktual va potensial darajalar hisobi, mahorat, sharoit kabi asosiy mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematikaviy kompetensiyalarini shakllantirishda AKT vositalaridan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
matematikaviy kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’sirida o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatining o‘zaro bog‘langan tuzilmasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv-biluv jarayonidagi didaktik mahsuldorligi an’anaviy va interfaol mashg‘ulotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari psixo-fiziologik xususiyatlarining dinamik o‘zgarishlariga oid takliflardan A1-XT-0-14297-raqamli «Boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2956-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot mazmunini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash asosida ta’lim sub’ektlarining AKTdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematikaga oid ijodiy faollik ko‘nikmasi hamda kognitiv kompetensiyasini shakllantirish jarayonlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sub’ektlarning fikrlash va xotirani mustahkamlashga yo‘naltirilgan faoliyatiga (mantiqiy, motivatsion va nazorat qilish) oid takliflardan A1-XT-0-14297-raqamli «Axborot-kommunikatsion ta’lim muhitida matematikani o‘qitishni tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2956-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarining matematikaviy kompetensiyalarini axborot-kommunikatsiya vositalari asosida  shakllantirishga xizmat qilgan; 
boshlang‘ich sinflarda matematikadan o‘quv materialini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida modellashtirish bosqichlari mazmuni, matematik faoliyatni tashkil etishning asosiy mezonlari (mustaqil matematik faoliyat, ustuvorligi, aktual va potensial darajalar hisobi, mahorat, sharoit kabi)ga oid ilmiy-amaliy  taklif va tavsiyalardan I-XT-0-19929-raqamli «Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9-sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)» mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2956-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitish samaradorligini oshishiga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish