Muxtarov Bekzodbek Murodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Nosiruddin Samarqandiyning “al-Fiqh an-nofe’” asari hanafiy fiqhiga oid muhim manba, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD /Tar444.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Abdurashid Ganijanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmirzaev Ilhomjon Isroiljonovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Zakurlaev Abdumutal Karimovich, yuridik fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nosiruddin Samarqandiyning «al-Fiqh an-nofe’» asarining hanafiy fiqhidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«al-Fiqh an-nofe’» asarida huquqiy masalalar echimi borasida turli mintaqalarga xos fiqhiy atamalardan foydalanilgani nopoklikning miqdorini o‘lchashda Movarounnahr diyori uchun bir «dirham» (درهم – kaftdagi suv) miqdori, Shom hududlari uchun «Shuhliliy» (شهليلي) nomli katta dirham, Arab mintaqasi uchun «katta misqolga teng dirham» va «Zubraqonning qorasi» (السود الزبرقانية) nomli o‘lchov birliklari asosida ochib berilgan;
XII asrga qadar yozilgan fiqhiy matnlardan farqli ravishda «bolaga enaga yollash» qismi enaga huquqlarini mustahkamlab qo‘yish uchun «al-Fiqh an-nofe’» asarining «Ijaralar» nomli bo‘limiga kiritilgan bo‘lib, unga qo‘shimcha ravishda enaga ijarasi, uning shartlari, ta’minoti va xizmat haqi bilan bog‘liq masalalar bayon etilgani hamda ushbu tartib keyingi davrdagi fiqhiy kitoblarga asos bo‘lgani dalillangan;
Nosiruddin Samarqandiy o‘z asarida davr o‘tishi bilan ayrim hukm va shartlar o‘zgarishiga doir tamoyildan kelib chiqib, «hijrat» (هجرة) hukmi to‘xtagani sababli imomlikning shartlaridagi «avval hijrat qilganlar» qismini «vara’ (ورع – taqvodorlik)» deb o‘zgartirilganini hijrat mavzusidagi hadislar asosida sharhlab bergani isbotlangan;
moliyaviy masalalarda Nosiruddin Samarqandiy hududiy amaliyot va odatlarni hisobga olgan holda bog‘dagi ishchiga o‘zi etishtirgan hosildan xizmat haqi berish amaliyotini joriy etib, unga qo‘shimcha ravishda meva-sabzavot mahsulotlaridan ham xizmatchilarga maosh berish mumkinligi qoidasini tatbiq etgani hamda ushbu mavzuni alohida «Musoqot bo‘limi» (كتاب المساقاة)da aks ettirgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nosiruddin Samarqandiyning «al-Fiqh an-nofe’» asari hanafiy fiqhiga oid muhim manba ekanligi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
«al-Fiqh an-nofe’» asarida huquqiy masalalar echimi borasida turli mintaqalarga xos fiqhiy atamalardan foydalanilgani nopoklikning miqdorini o‘lchashda Movarounnahr diyori uchun bir «dirham» (درهم – kaftdagi suv) miqdori, Shom hududlari uchun «Shuhliliy» (شهليلي) nomli katta dirham, Arab mintaqasi uchun «katta misqolga teng dirham» va «Zubraqonning qorasi» (السود الزبرقانية) nomli o‘lchov birliklari asosida ochib berilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan «O‘rta asrlarda yashagan mashhur samarqandlik allomalar» va «O‘rta asr sharq allomalari ensiklopediyasi» kitoblar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 4 maydagi 02/152-son ma’lumotnomasi). Natijada, «al-Fiqh an-nofe’» asarining o‘ziga xos jihatlari haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
Nosiruddin Samarqandiy o‘z asarida davr o‘tishi bilan ayrim hukm va shartlar o‘zgarishiga doir tamoyildan kelib chiqib, «hijrat» (هجرة) hukmi to‘xtagani sababli imomlikning shartlaridagi «avval hijrat qilganlar» qismini «vara’ (ورع – taqvodorlik)» deb o‘zgartirilganini hijrat mavzusidagi hadislar asosida sharhlab bergani isbotlangani xususidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan «Hanafiy fiqhidan zarur masalalar» nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yil 18 maydagi 1623-son ma’lumotnomasi). Natijada, sof islomiy tushunchalardan biri bo‘lgan «hijrat» so‘zining mohiyati kengroq ochib berilib, mazkur tushunchani noto‘g‘ri talqin etuvchi toifalarga raddiya berishda asosli manba bo‘lib xizmat qilgan;
XII asrga qadar yozilgan fiqhiy matnlardan farqli ravishda «bolaga enaga yollash» qismi enaga huquqlarini mustahkamlab qo‘yish uchun «al-Fiqh an-nofe’» asarining «Ijaralar» nomli bo‘limiga kiritilgan bo‘lib, unga qo‘shimcha ravishda enaga ijarasi, uning shartlari, ta’minoti va xizmat haqi bilan bog‘liq masalalar bayon etilgani hamda ushbu tartib keyingi davrdagi fiqhiy kitoblarga asos bo‘lgani dalillangani xususidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Islom ensiklopediyasi” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 11 maydagi 02-03/3198-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolar farzand tarbiyasidagi mas’uliyat hamda ta’lim-tarbiya jarayonida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan o‘rinlar borasidagi savollariga javob topishlariga xizmat qilgan;
moliyaviy masalalarda Nosiruddin Samarqandiy hududiy amaliyot va odatlarni hisobga olgan holda bog‘dagi ishchiga o‘zi etishtirgan hosildan xizmat haqi berish amaliyotini joriy etib, unga qo‘shimcha ravishda meva-sabzavot mahsulotlaridan ham xizmatchilarga maosh berish mumkinligi qoidasini tatbiq etgani hamda ushbu mavzuni alohida «Musoqot bo‘limi» (كتاب المساقاة)da aks ettirgani aniqlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan «Ozbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatiladigan «Taqdimot» hamda «Javohir» ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 30 iyuldagi 02-40-1245-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi va unda mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq moliyaviy masalalar echimida amaliyotga tatbiq etilgan.