Ataxanov Rafikjon Sotvoldievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Farg‘ona vodiysi qoraqalpoqlarida an’anaviy va zamonaviy etnointegratsion jarayonlar, 07.00.07– Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2018.1.PhD/Tar.276.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori; Qayumov Asror Raimovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysida yashovchi qoraqalpoqlarning turmush tarzi, etnomadaniy an’analaridagi o‘zgarishlar va ularning etnik integratsiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi qoraqalpoqlari moddiy madaniyatning qator sohalari (uy-joy, kiyimlar va taomlar) o‘zbek, tojik va qirg‘iz xalqlari bilan o‘zaro etnomadaniy aloqalar natijasida transformatsiyaga uchrab, etnik va lokal (mahalliy) xususiyatlarini saqlab qolgan holda umummintaqaviy xarakter kasb qilishi dala etnografik materiallar asosida aniqlangan;
mahalliy etnomadaniy muhit ta’sirida qoraqalpoq etnik guruhlarining ma’naviy hayotida (urf-odat va marosimlari) yuz bergan etnointegratsiya jarayonlari, ularning etnik va inoetnik xususiyatlari, umummintaqaviy jihatlarning ustuvorligi, rivojlanish tendensiyalari tarixiy-etnologik aspektda ochib berilgan;
o‘zga etnomadaniy muhitda qoraqalpoqlarda milliy-etnik o‘zlikni anglash, azaliy an’analar va qadriyatlar asosida integratsiya jarayonlarining markeri sifatida shakllanganligi, o‘zaro etnoslararo aloqalar natijasida Farg‘ona vodiysida o‘zbek-qoraqalpoq ikki tillilik hodisasi ro‘y berganligi tarixiy-etnografik hamda etnolingvistik tadqiqotlar natijasida aniqlangan;
qoraqalpoqlarning Farg‘ona vodiysi hududiga migratsiyasining tarixiy bosqichlari, ko‘chib kelish yo‘llari, joylashuvining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, ularning an’anaviy turmush tarzidagi o‘zgarishlar hamda bu jarayonlarga ta’sir etgan siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning o‘rni va ahamiyati faktik materiallar bilan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi qoraqalpoqlarining etnik integratsiyasini etnologik jihatdan o‘rganish natijalari asosida:
mahalliy etnomadaniy muhit ta’sirida qoraqalpoq etnik guruhlarining ma’naviy hayotida (urf-odat va marosimlari) yuz bergan etnointegratsiya jarayonlari, ularning etnik va inoetnik xususiyatlari, umummintaqaviy jihatlarning ustuvorligi, rivojlanish tendensiyalari tarixiy-etnologik aspektda ochib berilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyalarini shakllantirishda va ilmiy tavsiflashda foydalanilgan hamda ko‘rgazmalar tashkil etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 19 oktyabrdagi 01-12-10-4661-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysida yashovchi qoraqalpoqlarning madaniyatini yoritib berish uchun ma’lumotlar olish imkonini bergan;
Qoraqalpoqlarning Farg‘ona vodiysi hududiga migratsiyasining tarixiy bosqichlari, moddiy va ma’naviy madaniyati, o‘zbek, tojik va qirg‘iz xalqlari bilan o‘zaro etnomadaniy aloqalariga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharriyati 2020 yilning fevral` va mart oylarida “Gulshan”, “Etnoglobus”, “Hamroh” radioeshittirishlari ssenariysida foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2020 yil 2 sentyabrdagi 04-25-792-son ma’lumotnomasi). Natijada, vodiy qoraqalpoqlarining o‘ziga xos uy-joylari, kiyim-kechaklari, milliy taomlari va ular bilan bog‘liq urf-odat va marosimlarni etnografik materiallar asosida yoritib berishga xizmat qilgan;
o‘zga etnomadaniy muhitda qoraqalpoqlarda milliy-etnik o‘zlikni anglash, azaliy an’analar va qadriyatlar asosida integratsiya jarayonlarining markeri sifatida shakllanganligi, o‘zaro etnoslararo aloqalar natijasida Farg‘ona vodiysida o‘zbek-qoraqalpoq ikki tillilik hodisasi ro‘y berganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla teleradiokanali” DUK “Ijtimoiy-huquqiy dasturlar” muharriyati tomonidan “Yurtim qishloqlari” eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (“Mahalla teleradiokanali” DUKning 2020 yil 22 sentyabrdagi 04-109-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston qishloqlari tarixi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini ochib berishga xizmat qilgan.