O‘rinov Ulug‘bek Komiljonovichning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Morfolin hosilalari olish jarayonlari texnologiyasi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T31.

Ilmiy rahbar: Maksumova Oytura Sitdikovna, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Magrupov Farxod Asadullaevich, kimyo fanlari doktori, professor;  Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yangi polifunksional azot saqlovchi birikmalar – morfolin hosilalarini olish texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

morfolin bilan akril va metakril kislotalari asosida to‘yinmagan geterotsiklik birikmalar olish sharoitlari aniqlangan;

morfolin va epixlorgidrin asosida N-morfolin-3-xlor-2-propanol sintez qilingan va uning akril kislota bilan eterifikatsiyasi natijasida yangi monomer – N-morfolin-3-xlor-izopropilakrilat olingan, uning radikal polimerlanish jarayoni o‘rganilgan, texnologik parametrlari aniqlangan;

morfolin bilan epixlorgidrinni o‘z-o‘zidan polimerlanishi tadqiq qilingan. Jarayonning kinetik parametrlari: reaksiyaning boshlang‘ich reagentlar bo‘yicha tartibi, polimerlanish reaksiyasining faollanish energiyasi aniqlangan;

morfolin fragmenti mavjud bo‘lgan polifunksional birikmalarning olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Morfolinbilan epixlorgidrinning o‘z-o‘zidan polimerlanishi natijasida:

morfolin bilan epixlorgidrin asosida oligomer olish texnologiyasi yaratilgan (TSh 14825224-04, 2016 y.). Natijalar xorijdan olib kelinayotgan antibakterial pereparatlarni almashtirish imkonini bergan;

morfolin bilan epixlorgidrin asosidagi ishlab chiqilgan oligomer ishlab chiqarishga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 25 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari asosida olingan oligomer qorako‘l mo‘yna buyumlarini fizik-mexanik, gigienik va antibakterial xossalarini yaxshilash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish