Mirsoatov Xabibulla Qudratullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fuqarolarning mehnat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashda prokuratura organlari rolini takomillashtirish», 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Yu584.
Ilmiy rahbar: Xakimov Raxim Rasuljonovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc. 07/30.12.2019.Yu.22.02 
Rasmiy opponentlar: Otaxonov Foziljon Haydarovich, yuridik fanlari doktori, professor; Zulfiqorov Sherzod Xurramovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning mehnat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashda prokuratura organlari rolini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va qonuniy manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining buzilishi faktlari aniqlangan taqdirda, kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari materiallarni prokuratura organlariga yuborishga haqli ekanligi asoslangan;
kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra intizomiy jazo berishga, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmasligi asoslangan;
xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida, shu jumladan, saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida chaqirilganda ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shartligi asoslab berilgan; 
taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq bo‘lsa va transportda qatnash jihatdan noqulay bo‘lsa bunday ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emasligi asoslangan;
ish beruvchi ish joylarining belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Fuqarolarning mehnat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashda prokuratura organlari rolini takomillashtirishbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va qonuniy manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining buzilishi faktlari aniqlangan taqdirda, kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari materiallarni prokuratura organlariga yuborishga haqliligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekicton Recpublikacining «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi qonuning 46-moddacini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy Majlic Qonunchilik palataci Demokratik inctitutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitacining 2021 yil 5 apreldagi 05/1-01-63-con ma’lumotnomaci). Ushbu taklifning amalga oshirilishi xodimlarning konstitutsiyaviy mehnat huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra intizomiy jazo berishga, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekicton Recpublikacining «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi qonuning 17-moddacini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy Majlic Qonunchilik palataci Demokratik inctitutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitacining 2021 yil 5 apreldagi 05/1-01-63-con ma’lumotnomaci). Mazkur taklifning amalga oshirilishi xodimlarning konstitutsiyaviy mehnat huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida, shu jumladan, saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida chaqirilganda ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shartligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekicton Recpublikacining Mehnat kodeksining 165-moddacini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy Majlic Qonunchilik palataci Spikerining o‘rinbosarining 2021 yil 5 apreldagi 02/5-381-con ma’lumotnomaci). Ushbu taklifning amalga oshirilishi xodimlarning konstitutsiyaviy mehnat huquqlarini kafolatlashga xizmat qilgan;
taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq bo‘lsa va transportda qatnash jihatdan noqulay bo‘lsa bunday ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekicton Recpublikacining Mehnat kodeksining 
63-moddacini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy Majlic Qonunchilik palataci Spikerining o‘rinbosarining 2021 yil 5 apreldagi 02/5-381-con ma’lumotnomaci). Mazkur taklifning amalga oshirilishi xodimlarning konstitutsiyaviy mehnat huquqlarini va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilgan;
ish beruvchi ish joylarining belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekicton Recpublikacining Mehnat kodeksining 68-moddacini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy Majlic Qonunchilik palataci Spikerining o‘rinbosarining 2021 yil 5 apreldagi 02/5-381-con ma’lumotnomaci). Ushbu taklifning amalga oshirilishi xodimlarning konstitutsiyaviy mehnat huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish