Aliev Jo‘raqul Xoliqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fosfogips hamda organik o‘g‘itlarning tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’siri”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx.362.
Ilmiy rahbar: Shodmanov Mahkam, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazaliev Begali Irisolievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xoliqulov Shodiqul Turdiqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy - tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi har xil organik o‘g‘itlar (qoramol go‘ngi, tovuq go‘ngi) bilan fosfogipsni turli nisbatlarda qo‘llashning o‘tloqi bo‘z tuproqlar unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini aniqlash va samarali me’yorlarda qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 10 t/ga go‘ng bilan 15-20 t/ga me’yorlarda fosfogipsni va 10 t/ga qoramol hamda 5 t/ga tovuq go‘ngi bilan 5 t/ga fosfogipsni kuzda shudgorlash bilan o‘tloqi bo‘z tuproqlarda g‘o‘zaning o‘rta tolali “S-6524” navini etishtirishda qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
fosfogips va organik o‘g‘itlar tuproqning agrofizikaviy (nazorat variantiga nisbatan hajm massasi 0,04-0,05 va 0,01-0,03 g/sm3 kamayganligi) va suv-fizik xossalariga (nazorat variantiga nisbatan suv o‘tkazuvchanlik 12 m3/ga yuqori bo‘lganligi), uning struktura elementlari (10-0,25 mm li fraksiyalar nazorat variantiga nisbatan 2,8-3,5 % yuqori bo‘lganligi), hamda suvga chidamlilik darajasiga ijobiy ta’siri aniqlangan;
fosfogips va organik o‘g‘itlar tuproqning unumdorligiga hamda “S-6524” g‘o‘za navining o‘sishi, rivojlanishi va quruq massa to‘plashiga ijobiy ta’sir etishi (nazoratdan g‘o‘zaning bo‘yi 7,2 sm, bir dona chanoqdagi paxta vaznining 0,40 grammga yuqori bo‘lganligi) aniqlangan;
fosfogips va organik o‘g‘itlar qo‘llashning g‘o‘za hosildorligi (6,8 s/ga qo‘shimcha hosil olingan), paxta tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri (tola chiqishi 34,6 % bo‘lganligi) ijobiy ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishda qoramol go‘ngi bilan fosfogips, qoramol va tovuq go‘ngi bilan fosfogipsni maqbul me’yorlarda qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
fosfogips va organik o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha “Paxta etishtirishda fosfogips va organik o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi 02/020-2581-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida tuproq unumdorligini oshirish va saqlashda hamda g‘o‘zadan yuqori hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
fosfogips bilan organik o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlarida jami 41 gektarda qo‘llanib, undan uch yilda bir marta kuzda haydash bilan tuproqqa 10 t/ga go‘ng va 20 t/ga fosfogipsni solish bo‘yicha “Haydarov Muzaffar” fermer xo‘jaligida 3 ga, “Axmedov Numon” xo‘jaligida 4 ga, “Isoqov Turg‘unboy” xo‘jaligida 4 ga, “Esonboeva Dinara” xo‘jaligida 3 ga va Bo‘ka tumanining “Nishonboy Omonboy” xo‘jaligida 3 ga,“Doniyor TAD” xo‘jaligida 2 ga,“Begmat Jiyanboy” da 3 ga,“Tuxtamurod Dilmurod” xo‘jaligida 2 ga, jami 24 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi 02/020-2581-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha uch yilda 33,1 s/ga paxta hosili olinib, hosildorlik nazoratga nisbatan 6,0 s/ga, sof daromad 1069178,25 so‘mga oshib, rentabellik 59,1 % ni tashkil etgan;  
kuzda haydash bilan tuproqqa 10 t/ga go‘ng va 15 t/ga fosfogipsni qo‘llash texnologiyasi “Doniyor TAD” xo‘jaligida 2 ga, “Isroil nurli obod” xo‘jaligida 4 ga, jami 6 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi 02/020-2581-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha 31,6 s/ga paxta hosili olinib, hosildorlik nazoratga nisbatan 4,55 s/ga, sof daromad 811420,8 so‘mga oshib, rentabellik darajasi 56,9 % ni tashkil etgan;
kuzda haydash davrida tuproqqa 10 t/ga qoramol go‘ngi, 5 t/ga tovuq go‘ngi bilan 5 t/ga fosfogipsni solish “Nishonboy Omonboy” xo‘jaligida 3 ga, “Begmat Jiyanboy” xo‘jaligida 3 ga va “Murodil Teshaboev” xo‘jaligida 5 ga jami 11 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi 02/020-2581-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha 30,6 s/ga paxta hosili olinib, hosildorlik nazoratga nisbatan 4,23 s/ga, sof daromad 706077,9 so‘mga oshib, rentabellik darajasi 56,3 % ni tashkil etdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish