Sadikova Dildora Shuxratillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «2 tur qandli diabetda jigar noalkogol yog‘ kasalligi: 2 tur NGTL ingibitorlarining jigar faoliyatiga ta’siri», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.RhD/Tib1350.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 2 tur qandli diabet bilan jigar noalkogol yog‘li kasalligi birga kelgan bemorlarda 2 tur NGTL ingibitorlarining ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anketa so‘rovnomasi, klinik laborator ko‘rsatkichlarni kiritish bilan majmuaviy skrininglash asosida ikkinchi turdagi qandli diabetda jigar kasalliklarini tarqalishi va klinik shakllarini o‘ziga xosliklari asoslangan;
antropometrik ko‘rsatkichlar va laboratoriya ma’lumotlarini korrelyasion tahlil qilish asosida ikkinchi tipdagi qandli diabetda NAS va NASG xolatlari bilan glikemiya va dislipidemiya orasida bog‘liqlik aniqlangan;
yallig‘lanish ko‘rsatkichlarining 2 tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda jigar noalkogol yog‘ kasalligining rivojlanishi va kechishining prognostik markeri sifatida asoslangan;
ikkinchi turdagi qandli diabetda jigar kasalliklarini davolashda 2 tur NGTL ingibitorlarining davo samaradorligi va xavfsizligi baholanib, kasallikning belgilari kamayishiga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkinchi turdagi qandli diabetda jigar noalkogol yog‘li kasalligini tashhislash va 2 tur NGTL ingibitorlarini ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkinchi turdagi qandli diabetda jigar noalkogol yog‘li kasalligini tashhislash va davolash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «2 turdagi qandli diabetda jigar noalkogol yog‘li kasalligini tashhislash va davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 iyundagi 8n-z/202-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ikkinchi turdagi qandli diabet kasalligida jigar noalkogol yog‘li kasalligini tashxislash va samarali davolash tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
ikkinchi tur qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda jigar noalkogol yog‘li kasalligini erta tashhis qo‘yish va davolashda 2 tur NGTL ingibitorlarini jigar faoliyatiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat filiali, Samarqand viloyat endokrinologiya dispanseri amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 oktyabrdagi 08-09/13712-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi ikkinchi tur qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda jigar noalkogol yog‘li kasalligini erta tashhis qo‘yish, kasallikning rivojlanish xavfini va og‘irligini bashorat qilishga, shu bilan birga nogironlikni oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.