Abdiqadirov Shavkat Abdihomidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Surxondaryo viloyati atmosfera havosining radon-222 bilan zararlanishini radioekologik baholash», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K426.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ldosheva Shahnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Muqimova Gul`var Jumaevna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati atmosfera havosidagi radon-222 radionuklidi miqdorini radiekologik baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ob’ektlarning radiatsion ifloslanishi darajasini belgilovchi 222Rn miqdori aholi yashash hududlari va sanoat zonalari atmosfera havosida aniqlangan;
radon-222 miqdorining ortishiga viloyatning shimoliy tumanlari atmosfera havosida Tojikiston alyuminiy zavodidan chiqayotgan zaharli gazlar, shimoliy-sharqiy tumanlari atmosfera havosida esa yangi ochilgan konlarning ta’siri baholangan;
ob’ektlarning radiatsion ifloslanish darajasini ko‘rsatuvchi ekspozision doza o‘rtacha qiymatining aholi, aholining ma’lum qismi va ishchi-xodimlar uchun yillik effektiv dozaga bog‘liqlik grafigi yaratilgan;
tabiiy va texnogen ob’ektlarning radon-222 bilan radiatsion ifloslanish darajasini ko‘rsatuvchi nurlanish zararlash darajasi NZD qiymatining aholi va ishchi-xodimlar uchun yil fasllari, shamol yo‘nalishi, balandlik, atmosfera bosimi, harorat va boshqa omillarga bog‘liqlik grafigi yaratilgan;
radiatsion ifloslanish darajasi NZD dan yuqori bo‘lgan nuqtalarda radioekologik nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surxondaryo viloyati atmosfera havosining radon-222 bilan zararlanishini radioekologik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
atmosfera havosidagi radon-222 radionuklidini aniqlashning radiometrik usuli “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2021 yil 5 oktyabrdagi AA-008141-son ma’lumotnomasi). Natijada kombinat hududi atmosfera havosida radon-222 radionuklidining miqdorini aniqlash imkonini bergan.
radiatsion ifloslanish darajasini ko‘rsatuvchi nurlanish zararlanish darajasi NZD qiymatining aholi va ishchi-xodimlar uchun me’yorini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2021 yil 5 oktyabrdagi AA-008141-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona atmosfera havosida radon-222 miqdori belgilangan me’yordan ortib ketganda radiatsion xavfsizlik choralarini belgilash va amalga oshirish imkonini bergan.