Ashurzoda Luiza Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston mehnat bozorida yoshlarning raqobatdoshligini oshirish yo‘llari», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/lqt594.
Ilmiy rahbar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01. 
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki mehnat bozorida yoshlarining raqobat-bardoshligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar bandligini tartibga solish mexanizmlari samaradorligini oshi-rish va baholash darajasini yanada aniqlashtirishda yoshlar mehnat bozorini ijobiy (Sye/Te > Syu/Tu ) muvozanatli ((Sye/Te ~ Syu/Tu (LCyu < 10) hamda cheklangan (Sye/Te < Syu/Tu) tiplarga ajratgan holda yondashish asoslangan;
yoshlar mehnatiing, jumladan yoshlar bandligining ochiqligi va yashirin-gan holatlarning mavjudligi, ular mehnatidan foydalanish yo‘nalishlari-ning kengligi, erkak yoshlar mehnatidan ustuvor foydalanish kabi o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan, shundan kelib chiqan holda yoshlar norasmiy bandligi va ishsizligi minitoringi samaradorligini oshirishda, jumladan tarmoq, hudud va ish beruvchilar hamda jamoat tashkilotlari hamkorligini kengaytirish zarurati asoslangan;
mehnat bozorining istiqbol holati va yoshlar mehnat bozorining pespektiv kon’yunkturasi omillar tengligini ta’minlashda ish kuchi bo‘yicha talab, taklif va boshqa tegishli omil (ko‘rsatkich)lar bilan bir qatorda ishchi kuchi qiymatini (R) e’tiborga olishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
mintaqaviy mehnat bozorlarini tartibga solish samaradorligini oshirish va yoshlar mehnat bozorini rivojlantirish shartlarini e’tiborga olgan holda 2035 yilgacha bo‘lgan davrda mehnat bozorini rivojlantirish prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston mehnat bozorida yoshlarning raqobatdoshligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlar mehnat bozorini uch tipga ajratgan holda baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan yondashuvdan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan yaqin prognoz davrida ustuvor tarmoqlarda yoshlarning raqobatbardoshligini oshirishni davlat tomonidan tartibga solish va maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 01/00-02/07-2302-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining 2020 yil  1 apreldagi 04-13/2104-son ma’lumotnomasi). Takliflarni joriy etish natijasida 2020 yilda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 270312 kishini mahalliy va oziq-ovqat sanoati, avtomobil` va kompyuter texnikasiga xizmat ko‘rsatish korxonalarida, o‘simlik, chorvachilik va kasanachilik (tikuvchilik) kabi sohaslarda ish bilan ta’minlashga imkon yaratgan;
2035 yilgacha bo‘lgan davrda mehnat bozorini rivojlantirish prognozi bo‘yicha takliflar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mehnat bozorini tartibga solish va istiqbol dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 01/00-02/07-2302-son ma’lumotmasi).  Tarmoq va mintaqaviy bandlik dasturlarini ishlab chiqishda yoshdarni ish bilan yanada to‘laroq ta’minlash, kasb-hunar ta’limi olish maqsadli ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish va bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini hal etishga usdubiy ta’minot sifatida xizmat qilgan;
yoshlar mehnati xususiyatlari va yoshlar norasmiy bandligi va ishsizligi minitoringi samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflardan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarni ishga joylashtirish va ularning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘makla-shish dasturlari hamda maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining 2020 yil 1 apreldagi 04-13/2104-son hamda Bandlik va mehnat munosabat-lari vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 01/00-02/07-2302-son ma’lumotnomasi). Natijada 2019 yilda yoshlar o‘rtasida ishsizlik sur’atining 1,5 foizga kamayishi va yoshlar mehnat bozori raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilgan;
mehnat bozorining istiqbol holati va yoshlar mehnat bozorining pespektiv kon’yunkturasi kon’yunkturasi omillar tengligini ta’minlashda ishchi kuchi qiymati (R) bo‘yicha taklifdan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2020-2023 yillarda ustuvor tarmoqlarda yoshlarning raqobatbardoshligini oshirishni davlat tomonidan tartibga solish va maqsadli moliyalashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 01/00-02/07-2302-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yilda 270 312 nafar yoshlarni ishga joylashtirishda uslubiy asos bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish