Muhammadiev Otabek Bozorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XI-XII asrlarda Movarounnahr moturidiya kalom maktabi rivojida Alouddin Usmandiyning o‘rni (“Lubob al-kalom” asari misolida)”. 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Isl44.
Ilmiy rahbar: Ziyodov Shovosil Yunusovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmirzaev Ilhomjon Isroiljonovich tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Lutfillaev Hamidullo Murodillaevich tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alouddin Usmandiyning XI-XII asrlarda Movarounnahr moturidiya kalom maktabi rivojida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alouddin Usmandiy XII asrdagi aqidaga oid asarlarga Imom Moturidiy tomonidan qo‘llanilgan raddiya va bayon etish usulini طريقة البناء “Tariqat al-bino” (masalaning negizini aniqlab, mavzu mohiyatini ochib berish) va طريقة الإبتداء “Tariqat al-ibtido” (mavzu tafsilotlapiga kipib, uni asoslab bepish) tarzda nomlab, yangi shaklda tatbiq etgani ochib berilgan;
Alouddin Usmandiy o‘z zamonasidagi “Aqoidi Nasafiy” va “Hidoya min usul al-e’tiqod va ilm al-kalom” kabi asarlardan farqli ravishda “Lubob al-kalom”da 165 ta oyat, 5 ta oyatga ishopa va 22 ta hadis, 13 nafar sahoba va tobiiylar so‘zlari, Axtal, Abu Zuayb Xuvayliddek mashhur arab shoirlarining she’rlaridan foydalangan holda raddiya berishning ko‘p qirrali naqliy uslubiga asos solgani isbotlangan;
alloma o‘zining fiqh (8 ta), kalom (2 ta), tafsir (1 ta) va xilof ilmi (3 ta)ga doir 14 ta asaridagi aqidaviy qarashlarining mohiyatini umrining oxirida yozgan majmua turkumidagi “Lubob al-kalom”da jamlagani sababli mazkur kitob muallifning shoh asari darajasiga ko‘tarilgani dalillangan;
olimning aqidaga doir 2 ta manba yozishiga sabab dastlabki kitobi sanalgan Nuriddin Sobuniyning “Hidoya min usul al-e’tiqod va ilm al-kalom” asapi sharhida e’tiqodiy masalalar etarlicha ochilmay qolgani bois ikkinchi kitob – “Lubob al-kalom”ni mustaqil qo‘llanma sifatida yaratgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Alouddin Usmandiyning “Lubob al-kalom” asarining XI-XII asrlarda Movarounnahr moturidiya kalom maktabi rivojidagi ahamiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Alouddin Usmandiy XII asrdagi aqidaga oid asarlarga Imom Moturidiy tomonidan qo‘llanilgan raddiya va bayon etish usulini طريقة البناء “Tariqat al-bino” (masalaning negizini aniqlab, mavzu mohiyatini ochib berish) va طريقة الإبتداء “Tariqat al-ibtido” (mavzu tafsilotlapiga kipib, uni asoslab bepish) tarzda nomlab, yangi shaklda tatbiq etgani ochib berilgani haqidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida imom-xatiblar va otinoyilar uchun buyurtma asosida tayyorlangan “Movarounnahrda moturidiya kalom ilmi maktabi” kitobi mazmuniga singdirilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 12 avgustdagi 4169-son ma’lumotnomasi). Natijada imom-xatib va otinoyilarda islom dini niqobi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi buzg‘unchi ekstremistik oqimlar hamda soxta tariqatchilarning sof islom aqidasidan yiroq ekanligi haqida yanada kengroq bilimga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
Alouddin Usmandiy o‘z zamonasidagi “Aqoidi Nasafiy” va “Hidoya min usul al-e’tiqod va ilm al-kalom” kabi asarlardan farqli ravishda “Lubob al-kalom”da 165 ta oyat, 5 ta oyatga ishopa va 22 ta hadis, 13 nafar sahoba va tobiiylar so‘zlari, Axtal, Abu Zuayb Xuvayliddek mashhur arab shoirlarining she’rlaridan foydalangan holda raddiya berishning ko‘p qirrali naqliy uslubiga asos solgani haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzaridagi malaka oshirish tinglovchilar uchun o‘quv rejalar tayyorlashda foydalanib, “Aqoid ilmi tarixi”, “Moturidiylik va ash’ariylik ta’limoti” va “Movarounnahr kalom ilmi tarixi” nomdagi yangi fanlar o‘quv rejaga kiritilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yil 23 dekabrdagi 2667-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarda XI-XII asrlarda Movarounnahr-da yozilgan aqidaviy asarlar va ularning mohiyati haqida keng bilimlar shakllanishi va oshishiga xizmat qilgan;
alloma o‘zining fiqh (8 ta), kalom (2 ta), tafsir (1 ta) va xilof ilmi (3 ta)ga doir 14 ta asaridagi aqidaviy qarashlarining mohiyatini umrining oxirida yozgan majmua turkumidagi “Lubob al-kalom”da jamlagani sababli mazkur kitob muallifning shoh asari darajasiga ko‘tarilgani dalillangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi tarkibidagi kutubxona va arxiv, qo‘lyozmalar fondlarida O‘zbekiston zaminidan etishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma nusxalar kataloglarini tuzish va tavsiflash hamda “Samarqand allomalari” kitobi va “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlari ensiklopediyasi”da foydalanilgan (O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2020 yil 17 iyundagi 190/20-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy asarlarda Aluoddin Usmandiy haqida ensiklopedik ma’lumotlar shakllanishiga xizmat qilgan;
olimning aqidaga doir 2 ta manba yozishiga sabab dastlabki kitobi sanalgan Nuriddin Sobuniyning “Hidoya min usul al-e’tiqod va ilm al-kalom” asapi sharhida e’tiqodiy masalalar etarlicha ochilmay qolgani bois ikkinchi kitob – “Lubob al-kalom”ni mustaqil qo‘llanma sifatida yaratgani aniqlangani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy tele-radiokompaniyasida tayyorlangan va uning tizimidagi telekanallarda efirga uzatilgan “Ziyo” turkumidagi maxsus teledasturlarda, “Oʻzbekiston” telekanalining “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” hamda “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Tarixiy savol” kabi tizimli ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2020 yil 28 fevraldagi 01-13-474-son ma’lumotnomasi). Natijada aholida ma’naviy poklik, jamiyatimizda hukm surayotgan tinch, osoyishta hayot uchun shukronalik va ogohlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.