Berdiev Xusan Xolnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilining o‘tovsozlik leksikasi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil114.
Ilmiy rahbar: Abdiev Murodqosim, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla, filologiya fanlari doktori, professor; Abdig‘ofur Mamatov, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili o‘tovsozlik leksikasining o‘ziga xos lingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tovsozlik terminlarining yozma manbalarda, o‘zbek adabiy tili va shevalarda qo‘llanishi, ularni tartibga solish yuzasidan aniq xulosalar ilgari surilgan, sohaning terminologik apparati shakllantirilgan;
etnografizmlar o‘zbek xalqining milliy an’ana va qadriyatlarini aks ettiruvchi lingvistik birliklar ekanligi aniqlangan;
o‘tovsozlik terminlarining adabiy til va Markaziy Osiyo turkiy tillarida qo‘llanishidagi fonetik, leksik-semantik farqlari aniqlangan hamda faktik materiallar asosida dalillangan;
o‘tovsozlik terminlarining mavzuiy guruhlari aniqlangan va ularning giponimik, partonimik, graduonimik, sinonimik, antonimik, omonimik munosabatlari asoslangan;
o‘tovsozlik terminlarining yasalish asoslari affiksatsiya, kompozisiya va semantik usullaridan iborat ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilining o‘tovsozlik leksik birliklarining terminologiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tovsozlik sohasiga oid birliklar, jumladan kigiz, o‘tov, keraga, uzuk, uvuq, erganak, qanot, chang‘aroq, uzukbov singari terminlarning o‘zbek milliy mentalitetini yoritishdagi ahamiyati hamda milliy terminologiyaga oid nazariy va amaliy xulosalar OT-F8-027 raqamli «Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati» (2008–2011 yy.) nomli fundamental loyihaga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 6 sentyabrdagi 89-04-1225-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari mazkur leksik qatlamning xalq og‘zaki ijodi, badiiy, tarixiy-ilmiy asarlar hamda jonli so‘zlashuv nutqida qo‘llanilayotgan ko‘plab terminlarni asoslashga xizmat qilgan;
«O‘zbek tilining o‘tovsozlik terminlari izohli lug‘ati» (ISBN 978-9943-4400-0-5) nashr etilgan va unda 800 dan ortiq o‘tovsozlik terminlarining izohi berilgan. Natijda qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyatini asoslashga xizmat qilgan.