Ulug‘xojaev Ro‘zixo‘ja Solievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Kesish va plastik deformatsiyalash bilan mexanik ishlov berishning aniqligini tashxislash va nazorat qilish», 05.02.05 – Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar ixtisosligi. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2101. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04
Ilmiy rahbar: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor; Pulatov Toxir Rustambekovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kesish va plastik deformatsiyalash jarayonidagi fizik-mexanik hodisalarning o‘zgarish mexanizmi bilan mahsulotlarning aniqlik va sifat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni boshqarish tizimini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlov berilayotgan yuza qatlamidagi notekisliklar sababli vibroakustik signallarda bo‘ladigan o‘zgarishlar asosida mexanik ishlov berish jarayonining ko‘rsatkichlarini aniqlab beruvchi usul ishlab chiqilgan; 
detallarga kesib ishlov berish quvvati qiymatlarining o‘zgarish dinamikasi asosida detalga ishlov berish aniqligini boshqarish dasturi ishlab chiqilgan; 
signalning so‘nish amplitudasi ko‘rsatgichlari qiymatlarining  o‘zgarish intensivligi asosida kesuvchi asbobning turg‘unlik davrini vibroakustik signal yordamida aniqlash usuli yaratilgan;
vibroakustik signallardagi hosil bo‘lgan zo‘riqish kuchlari xaqidagi ma’lumotlarga bog‘langan grafiklar asosida texnologik tizimning xususiyatlari, model qiymatlarining dinamikasini aniqlash algoritmi va kesish ma’romlarini tanlash usuli ishlab chiqilgan; 
deformatsiyalangan qismdagi qoldiq kuchlarning xarakteri asosida plastik deformatsiyalashda detalni aniqligini diagnostika qilishning va boshqarish dasturi yordamida uzluksiz texnologik jarayonni nazorat qilishni ta’minlaydigan texnologiya yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kesish va plastik deformatsiyalash bilan mexanik ishlov berishning aniqligini tashxislash va nazorat qilish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vibroakustik signal yordamida ishlov berish jarayonining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati qoshidagi Navoiy mashinasozlik zavodi korxonasiga ishlov berish jarayonini nazorat qilish uchun joriy kilingan ("Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasining 2019 yil 28oktyabr` 02-06-04/13689-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish unumdorligi 1,2- 1,4 martaga oshgan;
detalga tokarlik ishlov berishda aniqligini boshqarish dasturi Navoiy kon-metallurgiya kombinati qoshidagi Navoiy mashinasozlik zavodi korxonasiga joriy qilingan ("Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasining 2019 yil 28oktyabr` 02-06-04/13689-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarishdagi brak maxsulot chiqishi 40-50% ga kamaygan;
vibroakustik signal yordamida kesuvchi asbobning turg‘unlik davrini topish usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati qoshidagi Navoiy mashinasozlik zavodi korxonasiga joriy kilingan ("Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasining 2019 yil 28oktyabr` 02-06-04/13689-son ma’lumotnomasi).

 

 


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish