Davronov Shohjaxon Rizamat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fotoelektrik modullarning chiqish parametrlarini tashxislash va boshqarish ko‘p funksiyali qurilmasini ishlab chiqish”, 05.05.06 – «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T704
Ilmiy rahbar: Vardiyashvili Afdandil Asqarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.
Rasmiy opponentlar: Yuldoshev Isroil Abrievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Fayziev To‘lqin Amirovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fotoelektrik modullarning chiqish parametrlarini va tashqi ta’sir omillarini hisobga olgan holda tashxislash, boshqarish va monitoring qilishni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotli ko‘p funksiyali qurilma ishlab chiqish va yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir vaqtning o‘zida fotoelektrik modulning volt-amperli xarakteristikasini o‘lchash, monitoring va tashxis uchun tashqi modullar signallarini qayta ishlash imkonini beradigan elektron yuklamali hamda o‘rnatilgan analogli-raqamli o‘zgartirgich asosida o‘lchash, hisoblash, uzatish kabi funksiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan ko‘p funksiyali qurilma ishlab chiqilgan;
mikrokontrollerli qurilmalar uchun atrof-muhit parametrlari ta’sirini inobatga olgan holda, fotoelektrik modullarning asosiy chiqish parametrlarini hisoblash, maksimal quvvat nuqtasini qidirish va aniqlash imkonini beradigan dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan;
real vaqt mobaynida hududiy cheklovlarsiz uzoq masofadan turib fotoelektrik tizimlarning chiqish parametrlarini nazorat qilish imkonini beradigan, GPRS texnologiyasi bo‘yicha ma’lumotlarni simsiz uzatishni amalga oshirish imkonini beradigan qurilma ishlab chiqilgan;
o‘lchangan ma’lumotlarni qayta ishlash, ma’lumotlarni TCP/IP protokoli bo‘yicha masofadagi axborot xavfsizligi ta’minlangan serverlarda saqlash va real vaqt mobaynida ma’lumotlarni qayta ishlash va ikki tomonlama ma’lumot almashinuvini taminlash imkonini beradigan algoritm va dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Fotoelektrik modullarning chiqish parametrlarini tashxislash va boshqarish ko‘p funksiyali qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fotoelektrik modullarning volt-amper xarakteristikalarini va atrof-muhit parametrlarini o‘lchash va real vaqt mobaynida masofaviy serverga uzatish imkonini beradigan ko‘p funksiyali avtonom o‘lchov va masofadagi serverga ma’lumotlarni simsiz uzatish qurilmalari ishlab chiqilgan, hamda ularni fotoelektrik tizimda joriy qilish natijasida 19 426 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan (“UZELTEXSANOAT” uyushmasining 2020-yil 23-dekabrdagi №04-1/2409-son ma’lumotnomasi);
qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan «Yarim o‘tkazgichli xalkopiritlar sintez asoslarini fundamental o‘rganish, hamda ular asosidagi fotoelementlarning samaradorligi va maxsuldorligini ko‘tarish» nomli fundamental loyihasining nazariy tadqiqotlarida dissertatsiya ishining, “fotoelektrik modullarning mahsuldorligini monitoring qilishni amalga oshirish uchun avtonom ko‘p funksiyali o‘lchov qurilmasi”, “fotoelektrik tizimlar uchun ko‘p kanallik o‘lchov qurilmalarining dasturiy ta’minoti” qurilmasi va dasturiy ta’minotidan foydalanish natijasida, Cu(In,Ga)Se2 dan tashkil topgan CIGS fotoelektrik modulining volt-amper xarakteristikasi o‘lchangan va turli ob-havo sharoitlarida modulning foydali ish koeffisienti maksimal qiymatlari aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 2021 yil 13 avgust № 04-26-4404 ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish