Soatova Nodira Boboxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy byudjetlar soliqli daromad bazalarini mustahkamlash yo‘llari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomilasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1228.
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmonov Qaxramon Akbaralievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahalliy byudjetlar soliqli daromad bazalarini mustahkamlash yo‘llari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish materiallari bo‘yicha er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning eng kam me’yorlarini joriy etish orqali mahalliy byudjet daromadlarini oshirish taklif etilgan;
alkogol` mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini oshirish (alkogolsiz ichimliklar uchun belgilangan stavkalarni qo‘llash) asoslangan;
to‘liq amortizatsiyalangan binolarni qayta baholangan (bozor) qiymati asosida soliqqa tortish mexanizmi taklif etilgan;
mahalliy byudjetlar soliqli daromad bazalarini mustahkamlashda mol-mulk solig‘i va er solig‘i bazalari tarkibiga temir yo‘llar, magistral` quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, konservatsiya qilingan ko‘chmas mulk ob’ektlarini kiritish va ular uchun pasaytiruvchi koeffisientlarni qo‘llash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy byudjetlar soliqli daromad bazalarini mustahkamlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy byudjetlar daromadlarini mustahkamlash hamda soliq solishning adolatlilik tamoyilini ta’minlash maqsadida qurilish materiallari bo‘yicha er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning eng kam miqdorlarini belgilash orqali mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish to‘g‘risidagi taklifi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 06/04-02-01-32-2850-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahalliy byudjetlarga 2020 yilning yanvar`-sentyabr` oylarida 100,8 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar kelib tushgan. Amaldagi tartibga nisbatan 1,5 barobarga ko‘payishi ta’minlangan;
mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida alkogol` mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini oshirish (alkogolsiz ichimliklar uchun belgilangan stavkalarni qo‘llash) bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonunida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 06/04-02-01-32-2850-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida mahalliy byudjetlarga 2020 yilning yanvar`-sentyabr` oylarida qo‘shimcha 23,3 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar kelib tushishi ta’minlangan;
to‘liq amortizatsiyalangan binolarni qayta baholangan (bozor) qiymati asosida soliqqa tortishni amaliyotga joriy qilish haqidagi taklifi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 06/04-02-01-32-2850-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yilning yanvar`-sentyabr` oylarida qo‘shimcha 35,8 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar mahalliy byudjetlarga kelib tushgan;
mahalliy byudjetlar soliqli daromad bazalarini mustahkamlash maqsadida mol-mulk solig‘i va er solig‘i bazalari tarkibiga temir yo‘llar, magistral` quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, konservatsiya qilingan ko‘chmas mulk ob’ektlarini kiritish va ular uchun pasaytiruvchi koeffisientlarni qo‘llash to‘g‘risidagi taklifi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 06/04-02-01-32-2850-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2020 yilning yanvar`-sentyabr` oylarida mahalliy byudjetlarga qo‘shimcha 56,1 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar kelib tushishi ta’minlangan.